O‘zbekiston | 15:30 / 06.12.2021
5133
3 daqiqa o‘qiladi

“Dunyo-M” aksiyadorlik jamiyati: ko‘chat ekish va ularni parvarishlash doimiy an'anaga aylanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 2 sentyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakat bo‘ylab «Yashil makon» umummilliy loyihasini e'lon qildi. Ushbu xayrli tashabbus barcha hududlarda qo‘llab-quvvatlandi va ko‘chat ekish aksiyasi davom etmoqda.

Foto: Dunyo-M aksiyadorlik jamiyati
Foto: Dunyo-M aksiyadorlik jamiyati

Jumladan, “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi “Dunyo-M” aksiyadorlik jamiyati jamoasi mazkur loyihada faol qatnashyapti.

Ushbu savobli ishlarni munosib tashkil etish uchun “Dunyo-M” aksiyadorlik jamiyati va jamiyatning kasaba uyushmasi qo‘shma qarori qabul qilindi. Korxona hududida ekologik muhitni yanada yaxshilash, xodimlar salomatligini saqlash va “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda belgilab olingan rejalarga muvofiq, “Dunyo-M” aksiyadorlik jamiyatiga tegishli bo‘lgan hudud va uning atroflarida 1000 tup manzarali daraxtlar ekildi.

Foto: Dunyo-M aksiyadorlik jamiyati
Foto: Dunyo-M aksiyadorlik jamiyati

Shuningdek, Qarshi shahri va Qarshi tumani hududlarida ko‘chat ekish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan chora-tadbir ishlab chiqildi. Unga asosan, “Xonobod” QFY yo‘lining 1,5 km masofasida, bundan tashqari, “Shayxali” MFYga tegishli hududlarda ham “Dunyo-M” AJ jamoasi tomonidan 700 tup mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi.

Foto: Dunyo-M aksiyadorlik jamiyati
Foto: Dunyo-M aksiyadorlik jamiyati

Aytish mumkinki, ushbu loyiha e'lon qilinganda, muhim raqamlar ham keltirilgandi. Ya'ni loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgandi. Demak, ko‘chat ekish, yon-atrofni yashil maydonga aylantirish bir yillik ish emas, an'anaga aylanishi ko‘zda tutilmoqda. Bu borada ham jamiyatning belgilab olgan rejalari bor, albatta.

Foto: Dunyo-M aksiyadorlik jamiyati
Foto: Dunyo-M aksiyadorlik jamiyati
Foto: Dunyo-M aksiyadorlik jamiyati

Eslatib o‘tamiz, “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida “dolzarb 40 kunlik” e'lon qilingan bo‘lib, ushbu xayrli ish 10 dekabrga qadar davom etadi. “Dunyo-M” AJ 10 dekabrga qadar yana 300 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishni rejalashtirgan.

“Dunyo-M” aksiyadorlik jamiyati Ⓣ

 
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid