Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask Tesla aksiyalari arzonlashishi oqibatida 15 milliard dollar yo‘qotdi
Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask kompaniya aksiyalari arzonlashishi oqibatida 15,2 mlrd dollar yo‘qotdi. Bloomberg axborot agentligining xabar berishicha, shundan keyin tadbirkorning boyligi 268,9 mlrd dollargacha kamaygan.
Ta'kidlanishicha, AQShning yirik texnologik kompaniyalari aksiyalari mamlakatda inflatsiya kuchayishi va pul-kredit siyosati qat'iylashtirishi mumkinligi xavotirida arzonlasha boshlagan.
Tahlilchilar ma'lumotlariga ko‘ra, AQShning 10 nafar eng boy texnomagnati umumiy hisobda 27,4 dollar yo‘qotgan. Ular orasida Mask eng ko‘p yo‘qotishga uchragan. 30 noyabrdan beri Tesla aksiyalari 11,4 foizga, ya'ni 1,14 ming dollardan 1,01 ming dollargacha arzonlashgan.
6 dekabrda Nasdaq birjasidagi savdolar vaqtida kompaniya aksiyalari 6,4 foizga arzonlashgan.
Avvalroq Mask boyligi 300 mlrd dollardan oshgan tarixdagi birinchi insonga aylangandi.
Mavzuga oid
21:30 / 07.07.2026
SpaceX investorlarga yupqa smartfon prototipini namoyish etdi
18:28 / 24.06.2026
SpaceX aksiyalari arzonladi, Ilon Mask trillioner maqomini yo‘qotdi
19:59 / 23.06.2026
Tesla avtopilot rejimida uyga urildi va ichidagi ayolni o‘ldirdi
09:42 / 19.06.2026