O‘zbekiston | 07:45 / 09.12.2021
10837
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston eng arzon elektr energiyasi bo‘yicha 10ta davlat qatoriga kirdi

Markaziy Osiyoning uchta davlati aholi uchun eng arzon elektr energiyasi bo‘yicha dunyoning yetakchi o‘nta mamlakati qatoriga kirdi. Bu haqda 8 dekabr kuni Britaniyaning Cable.co.uk ekspert portali xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Resurs mutaxassislari 230 davlatda elektr energiyasi narxlarini tahlil qilishdi. Ma'lum bo‘lishicha, eng arzon energiya tashuvchilar Shimoliy va Markaziy Afrika mamlakatlarida, shuningdek, sobiq SSSR davlatlarida joylashgan. 

Markaziy Osiyo mintaqasida Qirg‘iziston jahon reytingida 4-o‘rinni egallab, yetakchilik qilmoqda. Qirg‘izistonliklar bir kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 0,017 dollar to‘laydi. Bir kilovatt-soat narxi 0,023 dollarni tashkil etgan Tojikiston 6-o‘rinda. 7-o‘rinni egallagan O‘zbekistonda aholi uchun elektr energiyasi 0,027 dollar turadi. Bu jahon reytingida 16-o‘rinni egallagan Qozog‘istondan (0,039 dollar) arzonroq. 

Dunyodagi eng qimmat elektr energiyasi Karib dengizi, Tinch okeanining olis orol davlatlari, shuningdek, Germaniya va Somalida ekani aniqlandi. Ushbu mamlakatlar aholisi bir kilovatt-soat uchun 0,30 dollardan 0,69 dollargacha to‘lashlari kerak. 

Mavzuga oid