O‘zbekiston | 16:59 / 10.12.2021
7940
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Korzinka'dan 3-nashr – «Qor Qirolichasi» kitobini farzandlaringizga hadya eting! Super narx tomon yetaklovchi super usullar bilan tanishing!

Foto: Korzinka

Yurtimiz bo‘ylab shiddat bilan kengayib borayotgan Korzinka supermarketlar tarmog‘i har yilgi an'anani davom ettirgan holda bu yil 1 dekabrdan boshlab, qo‘shimcha voqelikka ega «Qor Qirolichasi» kitobi aksiyasiga start berdi. Kitobni nisbatan unumli narxda xarid qilish uchun esa 5 fishka to‘plashning o‘zi kifoya!

E'tiborli jihati, oradan bir yil o‘tsa-da, Korzinka tomonidan taklif etilayotgan kitobning narxi o‘zgarmagan – 119 990 so‘m. Uni avvalgidek, 39 990 so‘mga ham xarid qilish mumkin. 5 fishkani tezroq to‘plash uchun eng zarur usullarni siz bilan bo‘lishamiz:

1. Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidagi Korzinka supermarketlaridan biri yoki Smart do‘konlari hamda Oloy Diskont supermarketida xarid chekidagi har 100 ming so‘m uchun, dastavval, aksiya bukleti va 1 fishkani to‘g‘ridan to‘g‘ri olasiz. Masalan, chekingizdagi xarid summasi 110 ming so‘mni tashkil etgan taqdirda, kassir sizga aksiya bukleti hamda 1 fishkani taqdim etadi.

Foto: Korzinka

2. Viloyatlarimiz bo‘ylab joylashgan Korzinka supermarketlarida esa xarid chekidagi har 70 ming so‘m uchun 1 fishka taqdim etiladi. Masalan, chekingizdagi xarid summasi 140 ming so‘mni tashkil etdi – sizga kassir tomonidan aksiya bukleti va chekdagi har 70 ming so‘m uchun 2 dona fishka beriladi.

Foto: Korzinka

3. Agar xaridlaringiz orasida «Krasnyy Oktabr» SB mahsuloti bo‘lsa, bu sizga yana bir fishka taqdim etilishini anglatadi. Deylik, sizning xarid chekingiz 110 ming so‘mni (Toshkent shahri / viloyatida) tashkil etdi va «Krasnyy Oktabr» brendidan mahsulot ham xarid qildingiz – sizga 2 fishka (1 fishka – 100 ming so‘mlik xarid uchun, ikkinchisi esa hamkor savdo belgisi mahsuloti xaridi uchun) taqdim etiladi.

4. Balki siz fishkalarni qog‘ozli aksiya bukleti emas, balki KorzinkaGO ilovasida to‘plashni o‘ylab ko‘rarsiz? Bu sizga qo‘shimcha yana bir fishkani olib keladi! Xuddi shunday, xaridingiz uchun KorzinkaGO ilovasi orqali to‘lov qilgan taqdiringizda sizga 1 virtual fishka sovg‘a sifatida qo‘shiladi. Bunda fishkalar virtual shaklda yig‘ib boriladi. Misol uchun, yuqorida – 3-usulda ko‘rsatilganidek xarid amalga oshirdingiz, to‘lovni KorzinkaGO orqali amalga oshirishingiz va fishkalarni virtual shaklda to‘plab borishingizni aytasiz. 110 ming so‘mlik xaridingiz uchun 3 fishkani virtual bukletingizga qabul qilasiz.

Foto: Korzinka

Bunda:

• 1-fishka – chekdagi 100 ming so‘mlik xarid uchun;

• 2-fishka – «Krasnyy Oktabr» mahsuloti uchun;

• 3-fishka – KorzinkaGO ilovasidan foydalanganingiz uchun.

Mabodo KorzinkaGO ilovasini hali o‘rnatmagan bo‘lsangiz, buning ayni vaqti – krzn.uz/app orqali KorzinkaGO ilovasini yuklab oling va hisob ochganingiz uchun 5000 salom-bonusga ega bo‘ling.

Foto: Korzinka

5. Aytgancha, siz «Qarsildoq» va «Alisa mo‘jizalar yurtida» kitoblari aksiyasidan qolgan buklet / fishkalaringizni ham saqlab qo‘yganmisiz? Ularni ushbu «Qor Qirolichasi» aksiyasida ham ishlatishda davom etishingiz mumkin. Kitobni super narxda xarid qilish uchun to‘kis 5 fishkani bir bukletda jamlagan holda taqdim etish talab etiladi, xolos.

5 fishkalarni to‘plash uchun 5 ajoyib usulni hozirning o‘zida, albatta, Korzinka supermarketlarida sinab ko‘rishingiz mumkin. «Qor Qirolichasi» aksiyasi to‘g‘risidagi yanada batafsil ma'lumot – krzn.uz/snowqueen/uz saytida mavjud.

Korzinka kompaniyasiga asos solinganiga bu yil 30 dekabrda 25 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan tarmoqda bir-biridan ajoyib chegirma va takliflar amal qilmoqda. Korzinka'ni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring va so‘nggi yangiliklardan tezda boxabar bo‘ling:

Korzinka Telegram'da: t.me/korzinkauz

Korzinka Instagram'da: @korzinkauz

Korzinka Facebook'da: fb.com/korzinkauz

Sayt: korzinka.uz

Bog‘lanish uchun telefon raqami: +99878 140 1414

Reklama huquqi asosida

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid