Quriliş vazirligining bergan ma’lumotlariga köra, hozirda 2022 yilda uy-joylar quriş dasturi loyihasi işlab çiqildi. Bunda, Farğona viloyati Boğdod tumanida barpo etilgan “Muruvvat” massivi namunasi asosida barça hududlarda “Yangi Özbekiston” massivlarini quriş közda tutilmoqda.

Hokimliklar bilan birgalikda 30 ta massiv uçun 992 gektar yer maydoni tanlab olingan. Ularda köp qavatli uylar, ijtimoiy soha, bozor infratuzilmasi va muhandislik obektlarini joylaştiriş böyiça boş reja loyihalari işlab çiqildi.

Mazkur loyihaga köra, kelgusi yilda 2 ming 191 ta uylar jumladan, 56 ming xonadon, 27 ta maktab, 40 ta boğça, 25 ta oilaviy poliklinika va 120 dan ortiq savdo-maişiy xizmat majmuasi quriş közda tutilmoqda.

“Bugungi kunda tegişli farmon loyihasi bilan yer ajratiş, boş reja va loyihalarni işlab çiqiş, buyurtmaçi va pudratçilarni aniqlaş, moliyalaştiriş, ipoteka kreditlarini ajratiş, metall va sement bilan ta’minlaş, muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilma obektlarini quriş masalalari hal etilmoqda.

Bundan taşqari, har bir hududning tabiiy-iqlim şaroitidan kelib çiqib, massivlarda daraxtlar ekiş va kökalamzorlaştiriş işlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Hududlarda quriladigan köp qavatli uylarning 9 tipdagi energiya samarador namunaviy loyihalari işlab çiqilgan. Ayni vaqtda yanada tejamkor va arzon uylar böyiça namunaviy loyihalar tayyorlanyapti”, deyiladi xabarda.

Uylar qurilişida reytingi 3 ta “S”dan yuqori pudrat taşkilotlari iştirok etadi. Bugungi kunda bu kabi pudrat taşkilotlari soni 4 ming 876 tani taşkil etadi. Ya’ni, rejadagi uylar qurilişi uçun quriliş quvvatlari va imkoniyatlari yetarli. Uylar qurilişida mahalliy quriliş materiallaridan foydalaniş, issiqlik tejovçi qoplamalar va zamonaviy texnologiyalarni qöllaş ta’minlanadi. Buning uçun quriliş materiallari işlab çiqaruvçi mahalliy korxonalar bilan ham işlanmoqda. Kelgusida uşbu işlarni industriya darajasiga kötarib, uy-joy qurilişi klasterlarini taşkil etiş böyiça ham işlanmoqda.

– Dastlabki bosqiçda Toşkent şahri, Farğona, Navoiy, Samarqand va Toşkent viloyatlarida klasterlarni taşkil qiliş maqsadga muvofiq, deydi quriliş vazirining birinçi örinbosari Davron Odilov. – Çunki mazkur hududlarda yetarliça miqdorda pudrat taşkilotlari, loyiha institutlari, işlab çiqariş korxonalari, xomaşyo bazasi va infratuzilma mavjud. Dastur ijrosini töliq ta’minlaş, uylarni sifatli quriş va massivlarni kompleks barpo etiş böyiça barça çoralar köriladi. Bu şaroit va imkoniyatlar yaratilib, muammolar hal etilgan.