Farmonga köra, tuman (şahar) markazlariga yaqin va uy-joyga talab yuqori bölgan hududlarda jami 29 ta “Yangi Özbekiston” massivlari quriladi. Mazkur massivlarda 619 ta uy-joy (21 ming 312 xonadon), 18 ta maktab, 24 ta boğça, 15 ta tibbiyot muassasasi barpo etiladi.
Bunda: köp qavatli uy-joylarning quriliş osti yer uçastkalari tadbirkorlarga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida sotiladi; uy-joylarga tutaş yer uçastkalari mulkdorlarga doimiy foydalaniş huquqi asosida ajratib beriladi; massivlarda taşkil etiladigan işlab çiqariş, savdo va xizmat körsatiş obektlarini quriş uçun yer uçastkalari tadbirkorlarga elektron onlayn-auksion orqali mulk va ijara huquqlari asosida realizatsiya qilinadi; elektron onlayn-auksionda ğolib deb topilgan tadbirkorlar köp qavatli uy-joylar qurilişi uçun “SSS” va undan yuqori reytingga ega quriliş taşkilotlarini jalb qilişi mumkin.
Farmonga köra, qişloq xöjaligiga möljallangan past rentabelli 489 gektar yer maydonlari “Yangi Özbekiston” massivlarini quriş uçun aholi punktlarining yerlari hamda sanoat maqsadlariga möljallangan yerlar toifasiga ötkaziladi.
2023 yil 1 yanvargaça toifasi özgarayotgan suğoriladigan yer uçastkalari maydonining 5 baravari miqdorida yangi yerlar özlaştiriladi.
Farmonga köra, oldingi yillarda barpo etilgan massivlarning böş turgan yer uçastkalarida ham uy-joylarni quriş davom ettiriladi.

















