Internetda Qoraqalpoğistonning Qonliköl tumani Yangi Özbekiston massivida qurilayotgan köp qavatli uylardan birining zinapoyasi qulab tuşgani aks etgan video tarqaldi. Holatni tasvirga olgan erkak zinapoyaning qulaşida quruvçilarning aybi yöqligi, zinapoya qurilişida armatura işlatilmagani uçun şu hodisa röy berganini ta’kidlaydi.
Video muallifi, şuningdek, köp qavatli uyni qurayotgan quriliş firmasi nomi va rahbarining kimligini ham oçiqlagan. Tasvirlarda zinapoyalarning qulaşi natijasida köp qavatli uy devorlarining bir qismi ham qulab tuşgani, butun qolgan devorlar ham darz ketgani körinadi.
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirgan Qonliköl tumani hokimligi 5 qavatli binoning 4-qavatdagi zinapoya nosozlik sabab qulab tuşgani, uşbu jarayonda heç kim jabrlanmaganini bildirgan.

Hokimlikka köra, Yangi Özbekiston massivida quriliş işlari “Imarat qurilis konstruksiya” MÇJga topşirilgan, maxsus zinapoyalar (qulab tuşgan zinapoyalar ham) esa “Taqiyatas Tau-Kita” temir-beton tomonidan şartnoma asosida yetkazib berilgan.
“Imarat qurilis konstruksiya” MÇJ rahbari Maqset Bekimbetovning ta’kidlaşiça, zinalarni yetkazib bergan korxona rahbarlarini çaqirib, holat körsatilgan, Boşqa pod’yezdlarga ham şu zinapoyalar qöyilgani va ular ham yorilişni boşlagani uçun barça zinapoyalar olib taşlangan. Pudratçiga köra, u köp qavatli uyning 9 ta zinapoyasi yangidan qöyib beriladi.

Zinapoyaning qulaşi sabablarini örganayotgan Qoraqalpoğiston prokuraturasi 19 fevralda hodisa joyini közdan keçirib, tergovga qadar tekşiriş harakatlariga kirişgan.
“Hozirda binoning quriliş jarayonida qonunçilik talablariga rioya etiliş holati yuzasidan quriliş ekspertizasi tayinlanib, tekşiriş harakatlari amalga oşirilmoqda. Tergovga qadar tekşiruv ustidan qat’iy nazorat örnatilgan”, – deyiladi rasmiy munosabatda.
Avvalroq qalin qor yoğgani sababli «Çilonzor buyum savdo kompleksi» hududidagi

















