Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘yliqda tadbirkorlarga bozorni bo‘shatib qo‘yish bo‘yicha “ogohlantirish xati”ga imzo qo‘ydirilmoqda
Qo‘yliq bozoridagi tadbirkorlar 31 dekabrgacha bozordagi faoliyatini tugatishi, 1 yanvardan “Food City” bozoriga ko‘chishi, agar bu talablar bajarilmasa, go‘yoki ma'muriy va hatto jinoiy javobgarlikka tortilishidan ogohlantirilmoqda.

Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma'lumotni bozorda ishlovchi ikki savdogar Kun.uz'ga tasdiqladi.
Internetda tadbirkorlar tomonidan bozor direktori nomiga yozib berilayotgan “ogohlantirish xati” surati tarqaldi.
“Men... “Qo‘yliq dehqon bozori”AJ hududida savdo faoliyati bilan shug‘ullanaman. Savdo faoliyatimni 2021 yil 31 dekabr kunida tugatib, 2022 yil 1 yanvar kunidan “Food city”da faoliyatimni davom ettiraman. Agarda yuqoridagi qonuniy talabga amal qilmasam, O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-, 194– va Jinoyat kodeksining 277-, 229-moddalari asosida javobgarlikka tortilishim to‘g‘risida ogohlantirildim”, deyiladi xatda.
Mazkur “ogohlantirish xati”da keltirilgan moddalardan biri – MJtKning 183-moddasi – mayda bezorilik bilan bog‘liq. Shu kodeksning 194-moddasida ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik haqida so‘z boradi.
“Ogohlantirish xati”da bozor ma'muriyati talabi bajarilmasa, tadbirkorlar go‘yoki Jinoyat kodeksining 2 ta moddasi (229, 277) bilan javobgarlikka tortilishi ko‘rsatilgan. 229-modda – o‘zboshimchalik, 277-modda esa bezorilik haqida.
Eslatib o‘tamiz, 7 dekabr kuni Toshkent shahar hokimligi Qo‘yliq dehqon bozori va unga tutash ulgurji savdo maydoni yo‘l kengaytirilishi sabab boshqa manzilga ko‘chirilishini ma'lum qildi.
Keyinroq bozor Qo‘yliqdan 6,5 km masofadagi, Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan “Food city” savdo markaziga ko‘chishi ma'lum bo‘ldi.
Kun.uz bilan suhbatlashgan bozorchilar bu qarordan norozi ekanini bildirishdi. Ularga ko‘ra, yangi majmuadagi do‘konlar ijarasi haddan tashqari qimmat, maydoni esa juda kichik. Savdogarlar bozor ko‘chishi natijasida Toshkentda oziq-ovqatlar narxi oshishini aytishdi.
“Food city” savdo majmuasi vakilining Kun.uz'ga bildirishicha, ijaraga do‘kon olish uchun 100 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni garov sifatida qo‘yish kerak va oyiga 3,5 mln so‘mdan ijara to‘lovi amalga oshirib borish lozim.
Iqtisodchi Otabek Bakirov ko‘prik qurish vaji bilan bozorni ko‘chirish tadbirkorlarni “Food city”ga o‘tkazish maqsadida qilinayotgani haqidagi fikrlarga qo‘shilishini bildirdi.
“Istalgan normal hukumat, saylangan parlamentga hisobdor hukumatning bozorga, iqtisodiyotga oid eng asosiy vazifasi raqobat muhitini rag‘batlantirish hisoblanadi. Aksi emas. Hukumatning bozordagi bir sub'yektning foydasiga chiqariladigan qarori boshqa bir sub'yektning, ayniqsa o‘n minglab iste'molchilarning ziyoniga ishlamasligi kerak.
“Food city” majmuasi rostdan ham raqobatbardosh bo‘lsa, buni sog‘lom raqobat yo‘li bilan amalga oshirishi lozim. “Qo‘yliq”dagi bozorlar bilan raqobatlashmoqchi ekan, ijara narxlarini, do‘kon narxlarini “Qo‘yliq”dagidan karrasiga qimmat emas, karrasiga afzalroq qilishi kerak.
“Qo‘yliq dehqon bozori” AJ va “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” AJ do‘kondorlari, ijara huquqini sotib olganlarga hech qanday kompensatsiya yoki chegirma yo‘q. Shahar hokimiyatidagilar “Qo‘yliq”dagi ijara do‘konidan ajrayotgan tadbirkorlarga “Food city”dan ijaraga do‘kon olishlari mumkinligini aytish bilan cheklanishgan. Bulardan yana boshqa nimani kutish mumkin?” deya yozadi u.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston 24 yillik tanaffusdan keyin yunon-rum kurashi bo‘yicha JChda oltin medal oldi
Sport | 09:22 / 22.09.2025
Toshkentda mushukni qiynagan xitoylik 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 23:33 / 21.09.2025
Qumga ko‘milgan murda – Termizdagi mudhish qotillik tafsiloti
Jamiyat | 11:52 / 21.09.2025
Dunyoning eng yirik davlatlaridagi erkaklar va ayollar nisbati ma’lum qilindi
Jahon | 23:53 / 20.09.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hikmat Travel 28 oktyabrdan qo‘shimcha Umra ziyorati safarlarini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 18:59 / 22.09.2025
-
Shavkat Mirziyoyev Franklin Templeton bilan sheriklik kengayib borayotganini qayd etdi
Iqtisodiyot | 09:10
-
Amerika banki O‘zbekiston bank-moliya sektorini rivojlantirmoqchi
Iqtisodiyot | 09:09
-
AQSh kompaniyasi O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasini rivojlantiradi
Iqtisodiyot | 09:08
Mavzuga oid

12:27 / 08.08.2025
Qo‘yliq mavzesidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

22:14 / 05.05.2025
Qo‘yliqdan reportaj: bozor tashqarisidagi noqonuniy deb topilgan do‘konlar buzilmoqda

11:47 / 03.12.2024
BBC o‘zbekistonlik tadbirkor - Dilorom Yo‘ldoshevani «dunyo bo‘ylab ilhomlantiruvchi va nufuzli 100 ayol» ro‘yxatiga kiritdi

17:02 / 28.11.2024