20:00 / 13.12.2021
11044

ISHONCH do‘konlar tarmog‘ining yangi filiali Gurlanda ochildi!

Foto: ISHONCH do‘konlar tarmog‘i

ISHONCH do‘konlar tarmog‘i jadal rivojlanib, olg‘a harakatlanmoqda. Joriy oyda kompaniya yana bir filialini ochdi va endi ISHONCH do‘konlar tarmog‘ida 43 ta filial mavjud.

Kompaniyaning o‘ziga xosligi shundaki, do‘konlarning ochilishi ko‘p hollarda tumanlarda amalga oshiriladi. Bu safar Xorazm viloyatining Gurlan tumanida do‘kon ochildi. Bu Xorazm viloyatidagi birinchi filial emas, avval Urganch va Xiva shaharlarida ham filiallar ochilgan.

Kompaniya tarixi Farg‘ona vodiysi hududida maishiy texnika sotiladigan bir do‘kondan boshlangan. U asta-sekin bir necha xodim bilan rivojlangan va hozirda ISHONCH do‘konlar tarmog‘ida yuqori malakali xodimlar ishlaydi, ular doim o‘qib-o‘rganadilar va ularning soni 3000 kishini tashkil etadi. Bundan tashqari, tovarlar assortimenti kengayib, aholi uchun kerakli mahsulotlar rastalardan joy egallagan. Bugungi kunda har bir filialda uy uchun 7000 turdagi tovarlar mavjud: maishiy texnika, mebellar, qurilish materiallari, sport tovarlari, musiqa asboblari, bolalar tovarlari va boshqalar.

Do‘konlar Yevropa standartlariga mos dizaynda jihozlangan, tovarlarni ko‘rish uchun qulay peshtaxtalar mavjud va do‘stona xodimlar o‘z ishlarini eng yuqori darajada bajaradilar. Har bir xodim o‘z lavozim vazifalari bo‘yicha maxsus o‘qitiladi, bu esa kompaniyaning xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga yordam beradi. 

Iqtidorli mutaxassislar martabasini oshirishi uchun yaxshi imkoniyatlar taqdim etiladi. Yangi filiallarning ochilishi mamlakatimiz tumanlarida ishga joylashish muammosini hal etadi, bu esa o‘z navbatida aholi turmush darajasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 

ISHONCH — bu aholining xonadonlarida qulaylik yaratishning haqiqiy afzalligidir. Zero, har qanday mahsulotni muddatli to‘lov asosida olish va shunchaki pasport bilan (budjet tashkiloti xodimlari va nafaqadagi shaxslar) 15 daqiqa ichida shartnoma tuzish mumkin. Foydali aksiyalar, bonuslar, bepul yetkazib berish va o‘rnatish, 30 kun ichida mahsulotni qaytarish — ISHONCH do‘konlar tarmog‘idan mahsulot sotib olishdagi mijozlar foydasini yanada oshiradi. Kompaniyada mahsulot yoki xizmat haqida batafsil ma’lumot berish uchun mijozlarga maslahat berish bo‘limlari faoliyat yuritadi, xohlovchilar qo‘ng‘iroq qilib yoki yozib, savollarini berishlari mumkin.

Batafsil ma’lumot uchun:

+99873 515 22 22

Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy kanal va sahifalar:

Telegram: t.me/ishonchsavdo

Instagram: instagram.com/ishonchsavdouz

Facebook: fb.com/ishonchsavdouz

YouTube: www.youtube.com/c/Ishonchsavdo

Bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar: t.me/hrfmishonch

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top