Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada UzAuto Motors avtomobillarini olib ketayotgan avtotreylerda yong‘in sodir bo‘ldi (video)
Yong‘in oqibatida 8 ta avtomobildan 3 tasi zarar ko‘rgani ma'lum qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Moskvada Chevrolet avtomobillarini olib ketayotgan avtotreylerning yonayotgani aks etgan video tarqaldi.
UzAuto Motors kompaniyasi mazkur holatga munosabat bildirib, yong‘in oqibatida 3 ta avtomobil zarar ko‘rganini ma'lum qildi.
“Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in Rossiya avtomobil tashuvchisiga tegishli avtotreylerning salonida mahalliy dilerlar o‘rtasida avtomobil tashishni amalga oshirish vaqtida sodir bo‘lgan. Avtotreyler kabinasidagi alanga avtomobillar bo‘lgan treylerga tarqalgan. Natijada 8 ta avtomobildan 3 tasi zarar ko‘rgan. Hodisadan avtotreyler haydovchi jabrlanmagan”, deyiladi kompaniya xabarida.
Qayd etilishicha, voqea Moskva viloyati hududida avtomobillarni mijozga olib o‘tish vaqtida yuz bergan. Barcha tashilgan avtomobillar sug‘urtalangan bo‘lib, ular rossiyalik mijozga tegishli bo‘lgan.
Hozirda zaruriy yong‘in-texnik ekspertizasi o‘tkazilib, yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
10:05 / 03.07.2026
Rossiya Ukraina shaharlariga yangi hujumlar uyushtirdi
09:55 / 03.07.2026