Jamiyat | 17:00 / 13.12.2021
11631
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Yangi yilni President mahsulotlari bilan kutib olish mumkin

Foto: President

Yangi yil bayrami arafasida supermarketlar odatda xaridorlar bilan gavjum bo‘ladi. Albatta, har bir oilaning o‘z ehtiyojlari bo‘lib, xaridlar ro‘yxati ham bir-biridan farqlanadi. Biroq deyarli har bir ro‘yxatda uzoq vaqtdan buyon O‘zbekiston aholisini jahon andozalariga javob beradigan mahsulotlari bilan xursand qilib kelayotgan Président brendida nimadir bor. Haqiqiy fransuz sifatini tanlaydiganlar soni ortib borayotgani tufayli ushbu mahsulotlar assortimenti ham doimiy ravishda kengaytirilmoqda. Ko‘pchilik xonadonlarda yangi kun eritilgan yoki tvorogli pishloq bilan tayyorlangan sendvichlar bilan boshlanadi, barakali qattiq va yumshoq Président pishloqlarini bayramlarda va boshqa maxsus kunlarda dasturxonimizda ko‘rish mumkin.

Ajablanarlisi, mazkur brendning tarixi Fransiyadagi kamamber pishlog‘ini ishlab chiqaruvchi kichik pishloqpazlik korxonasidan boshlangan. Pishloq juda cheklangan miqdorda ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, pishloqpazlarning mehnatsevarligi va mukammallikka intilishlari tez orada avvaliga Fransiyadagi, keyinroq esa dunyoning yana 150 ta mamlakatidagi iste'molchilarning qalblarini zabt etdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning turlari va toifalari soni doimiy ravishda o‘sib borganiga qaramay, ularning sifati benuqson bo‘lib, har bir yangi mahsulot doimo o‘z muxlislariga ega bo‘la boshladi. Mana O‘zbekistonda ham Président kengayib borayotgan assortimenti bilan xaridorlarni hayratda qoldirishda davom etmoqda, pishloqlar esa o‘zlari xaridlar aravachasiga sakrab kirmoqchiday, go‘yo. Ular orasida yumshoq kremsimon ​​“Labne” pishlog‘i, yengilgina “Provans” muss pishlog‘i, “Crème de” tansiq pishloqlari asosidagi yorqin to‘plam va yana nihoyatda mazali porsiyali «Gauda» va «Chedder» pishloqlari va barakali kilolab sotiladigan pishloqlarni topish mumkin.

Pishloqlar bilan birga mamlakatimizda ko‘p yillardan buyon Fransiyada ishlab chiqariladigan Président sariyog‘i ham yaxshi tanilgan va o‘z muxlislariga ega. Tabiiy qaymoqdan tayyorlangan, konservantlarsiz bu sariyog‘ni nonushtada issiqqina o‘zbek nonlari bilan ham, pishiriqlarda ham yaxshi ko‘rishadi. Va butun dunyoda bo‘lgani kabi bizning do‘konlarimizda ham bu sariyog‘ni 125 grammdan bir kilogrammli rollargacha bo‘lgan qulay qadoqlarda xarid qilish mumkin.

Qaymoqli mavzuni davom ettirib, qaymoq ​​haqida biroz ma'lumot berib o‘tsak. Président mahsulotlarining yangi to‘plamida iste'molchilarga yog‘lilik miqdori va qo‘llash sohalari bilan bir-biridan farq qiluvchi uch xil turdagi qaymoq taqdim etiladi. Choy va qahvani sevuvchilar uchun turi bo‘lib, ular bu issiq ichimliklarning xushbo‘y hidini ajoyib darajada to‘ldirib, ularning ta'mini yumshatadi. Yana ikkita turi oshxonada tajriba qilishni yaxshi ko‘radiganlar uchun mo‘ljallangan. Shunday qilib, ko‘pirtirish uchun mo‘ljallangan qaymoq mazali shohasarlar uchun mukammal darajada ko‘pirtirilgan kremni xohlaydigan qandolatchilar uchun juda mos keladi. Biroq o‘zingizni bosh oshpaz kabi his qilmoqchi bo‘lib, “restorandagiday” taom tayyorlashni xohlasangiz, yog‘lilik darajasi 23 foiz bo‘lgan, souslar uchun qaymoq ​​yordam beradi. U shunchalik yog‘li va quyuqki, pishirish jarayonida qavatlanib ketmaydi hamda taomga nafis qaymoqli ta'm va xushbo‘y hid beradi. Bu qaymoq ​​bilan hamma narsa – xoh u pasta uchun qaymoqli sous bo‘lsin, xoh qo‘ziqorinli pyure-sho‘rvasi bo‘lsin – g‘oyatda mazali bo‘lib chiqadi.

Navbatdagi yangilik to‘g‘risida bilish sog‘lom ovqatlanish tarafdorlariga qiziqarli bo‘ladi. Bu – ishonchli fermer xo‘jaliklaridan olingan sifatli sutdan tayyorlangan a'lo darajadagi Président tvorogi. Klassik retsept bo‘yicha tayyorlangan bu mahsulot ideal dona-dona tuzilishga ega. Undan toza ko‘rinishida ham lazzatlanish mumkin yoki murabbo yoki tabiiy meva va rezavorlarni tvorogga qo‘shib, o‘zingizni siylashingiz mumkin.

Umuman olganda, Président ko‘pgina yangiliklarni tayyorlab qo‘ygan va ularning bari g‘oyatda mazali. Shunday ekan, oilangiz taomnomasini xilma-xil qilishni va yaqinlaringizni bayramona pishiriqlar bilan hayratda qoldirishni istasangiz, ushbu butun dunyoda taniqli brend mahsulotlarini xaridlaringiz ro‘yxatiga kiriting va hayotga lazzat bilan boqing.

Reklama huquqi asosida