Milliy jamoadan ketiş sababi, özbek futbolidagi eng katta muammo, orzusidagi Özbekiston – Odil Ahmedov bilan intervyu
|18:47 / 14.12.202127 99711 min
Foto: Tribuna.uzFoto: Tribuna.uz
Özbekiston milliy jamoasi sobiq sardori Odil Ahmedov «Ofsayd» körsatuvi mehmoni bölib, intervyu davomida milliy jamoadagi faoliyatini nega tugatgani, özbek futbolidagi eng katta muammo, Ektor Kuperning iste’fosi, Saudiya Arabistoniga qarşi öyin oldidan Abramovga nimalar degani va Babayan, Sergeyev, Maşaripov haqida fikrlarini aytib, xususiy akademiyasi uçun oyiga neça million söm sarflayotganini ham oçiqladi.
«Kuperga ham, Abramovga ham tuşuntirgandim...»
34 yoşli özbekistonlik yarimhimoyaçi intervyuda milliy jamoadagi faoliyatini aslida 4 yil avval yakunlamoqçi bölganini aytib ötgan.
- Aslida milliy jamoadan şu yil emas, bundanam erta ketiş niyatim bor edi. 2018 yilgi jahon çempionatiga çiqa olmaganimizdan keyin xalqaro faoliyatimni tugatişga qaror qilgandim. Çunki jahon çempionatining uçta saralaş bosqiçida öynab bölgandim. Ammo Ektor Kuper kelgaç, unga qarorimni tuşuntirgan bölsam-da, u «Yöq, sen bizga keraksan» deb qoldirdi.
Kuperning faoliyatidan keyin Vadim Abramov boş murabbiy bölgaç, u kişiga ham milliy jamoadan ketmoqçi ekanligimni aytgandim. Lekin Karlenoviç ham «Futbolimizga keraksan, milliy jamoada tajribali yetakçilar bölişi şart», deb meni köndirgandi. Qöldan kelgança yoşlarni har taraflama qöllab-quvvatlaşga intildim.
Yozda JÇ-2022 ikkinçi saralaş bosqiçi omadsiz yakunlangaç, tugatiş haqida yakuniy qarorga kelgandim va öşa hisobot yiğilişda jurnalist savol berganida ehtimol hissiyotlarga berilgandirman – milliy jamoadagi faoliyatimni yakunlaganim haqida gapirib, buni barçaga ma’lum qildim. Bundan afsusda emasmanmi? Yöq, men qilgan işim, qabul qilgan qarorlarimdan afsuslanmayman.
Suhbat davomida Odil Ahmedov Özbekiston milliy jamoasi sobiq boş murabbiyi Samvel Babayanning öz öyinçilariga köproq imkoniyat bergani haqidagi savolga javob qaytardi.
- Öşanda Samvel Babayan Igor Sergeyev yoki Aleksandr Lobanovni qayergadir sotiş uçun milliy jamoada öynatgan, degan fikrlarga qöşilmayman. Masalan, öşa paytda hozirgidek hujumçilar tanlovi katta bölmagan. Aytaylik, hozir Şomurodov yaxşi sport formasida va Igor Sergeyev ham tayyor holatda. Ammo 2016-17 yillarda hujum çiziğida bunaqa tanlov bölmagan. Hujumçilar bölgan – örtaça saviyada edi. Şu bois asosan Sergeyevni qöygan va uning öyinini oçib yubormoqçi bölgan.
Mavzuga oid
Milliy jamoa taqdiri hal bölayotganda Babayanning tajriba ötkazişi töğri bölganmi? Bilasizmi, hujumçi «oçilib» ketişi uçun bitta gol yetarli. Gol ursa, öziga işonib olib keta olardi. Öşanda Sergeyev maşğulotlarda eng yaxşi öyinçi bölardi, öyinga çiqişi bilan boşqa odamga aylanardi. Oxirgi öyinlarda ham bosimni kötara olmay qolgandi. Igorning öyinga tuşirilişi murabbiy qarori edi va qaysidir futbolçi «uni tarkibga qöyma, boşqani tuşir», deya olmasdi. Çunki bunday qilgandan keyin hamma ayb futbolçining öziga ağdarilib qöyilardi. Ammo öşa JÇ-2018 saralaş bosqiçining oxirgi Janubiy Koreyaga qarşi öyinida Sergeyev gol urib qöyganida, Babayanning qilgan hamma işi töğri bölib çiqar, Igor qahramon bölardi, hozir biz siz bilan heç kimni tanqid qilmayotgan bölardik. Futbol özi şunaqa, yutsang – hamma narsani töğri qilgan bölasan, yutqazsang – hamma işni xato qilgan bölasan.
Foto: Tribuna.uz
«Özbek futbolidagi eng katta muammo – futbolçining bosimni kötara olmasligi»
Boş jamoamizning köp yillik sobiq yetakçisi suhbat davomida özbek futbolidagi eng katta muammoni körsatib, milliy jamoada psixologlar işlaşi lozimligini aytgan.
- Özbek futbolidagi eng katta muammo nima, bilasizmi? Futbolçilarning bosimni kötara olmasligidir. Milliy jamoada şunaqa paytlar bölganki, «meni milliy jamoaga çaqirişmasa ham mayli», deyişgan. Bosimni kötara olmagandan keyin futbolçi heç qaçon öz öyinini körsata olmaydi. Natijada öyindagi maqsadi – töpdan qutuliş bölib qoladi. Xato qilsa hamma gapiradi, gapirsa, bosimni kötara olmaydi va ruhan sinadi. Agar bizda ham futbolçilar misol uçun yevropalik yoki janubiy amerikalik öyinçilardek ruhan kuçli bölganida natijalarimiz umuman boşqaça bölişi mumkin edi. Ammo milliy jamoaga kelganda muxlislar bosimidan qörqib, «öynamasam ham mayli» deya fikr qilinsa, öşa öyinçining darajasida pasayiş böladi.
Psixologlar bu masalada işlamaydimi? Milliy jamoada psixologlar yöq. 2007 yildan buyon milliy jamoada öynagan bölsam, şu paytgaça faqatgina 2007-2008 yillarda ruhşunoslar bilan işlaganman, ammo öşandan keyin bölmagan. Bu işni şu paytgaça asosan boş murabbiylar eplaşga uringan. Ammo bu masalada milliy jamoada psixologlar işlaşi kerak, deb öylayman.
Misol uçun, milliy jamoada ham, klubida ham Jaloliddin Maşaripov nega bemalol öynaydi, harakatlari öxşaydi? Çunki u qörqmaydi, tavakkal qila oladi. Futbolçi tavakkal qilişdan, xato qilişdan qörqmasligi kerak. Jaloliddin har qanday bosimni yenga oladigan öyinçi, şu bois ham muvaffaqiyatga erişyapti.
Özbekiston milliy jamoasi sardori suhbat davomida şu savolga ham javob qaytarib, Ektor Kuperning öyin uslubiga töxtalgan.
- Bunday iste’folar futbolda doim böladigan jarayon. Jamoa yutqazdimi – murabbiy aybdor. Öşanda Falastinga yutqazganimiz uçun ÖFA rahbariyati şunday qarorga keldi. Bu qançalik töğri yoki notöğriligini aytiş qiyin. Ehtimol, olib qolinganida natija yaxşi bölardi, balki bundan ham yomonroq bölardi.
Kuper Kongoni JÇ-2022ga olib çiqişga yaqin? Töğri, biz ham bu jamoadan kam emasmiz, ammo jahon çempionatini vazifa qilgan jamoada şunga yaraşa öyinçi bölişi kerak. Misol uçun, Kuper istagan taktikaga mos, yaxşi öyinçilar bölişi lozim edi. U talab qilgan uslubni maydonda körsatib bera olsak, biz umuman gol ötkazib yubormasligimiz kerak edi. Ammo bizning öyinçilar uning taktikasiga töğri kelmadi.
Foto: Tribuna.uz
Saudiyaga qarşi öyindan oldin Abramov bilan suhbat aslida qanday bölgan?
Odil Ahmedov milliy jamoa safidagi sönggi öyini – Saudiya Arabistoniga qarşi mağlubiyatli öyinda (0:3) himoyaçi sifatida maydonga tuşgani sabablarini aytib berdi.
- Öşanda milliy jamoaga kelişdan oldin jarohat olgandim – qovurğam singandi. Şunga qaramay, Saudiya Arabistonida ötgan saralaş bosqiç turnirining dastlabki ikki öyinida maydonga tuşdim. Uçinçi öyin (Saudiya Arabistoniga qarşi) oldidan boş murabbiy Vadim Abramov oldiga kirib, «Karlenoviç, bu öyinga tayyor emasman, jismoniy holatim bu bahsda öynay olişimga yöl qöymaydi. Öynasam ham 20 daqiqa yoki yarim soat jamoaga yordam bera olaman», degandim. Murabbiy «Mayli, ikkinçi bölim yarim soatiga maydonga tuşiraman», deb aytgaç, kelişdik. Ammo Saudiyaga qarşi öyin kuni «Himoyada öynaysan», deb qoldilar. Hayron böldim, ammo bunday paytda qarşilik qila olmaysiz.
Karlenoviç murabbiylik faoliyatlari davomida bunday tajribalarga köp marta qöl urgan, qolaversa, öyin kuni yigitlar şuni söraşdi, deyişdi. Bunday paytda yöq, deb bölmasdi, har holda bu – milliy jamoa. Agar öşa paytda «Yöq, himoyada öynamayman», desam ertaga yana kim – Odil Ahmedov aybdor bölib çiqardi. Balkim, Vadim Karlenoviç 2011 yilgi taktikani qöllamoqçi bölgandirlar. Men heç qaçon murabbiy qaroriga qarşi çiqmaganman. Qayerda öynatsa, öynaganman.
«2011 yilgi tarkibimiz eng kuçlisi edi»
Özbekiston milliy jamoasi sobiq yarimhimoyaçisi boş jamoamizda özi töp surgan davridagi eng kuçli tarkibni tanladi.
- 2011 yildagi tarkibimiz juda kuçli bölgan, deb hisoblayman. Milliy jamoada özim töp surgan davrlardagi eng kuçli va töğri tanlagan tarkib deya aynan 2011 yil Osiyo kubogiga borgan jamoani aytgan bölardim. Öşanda milliy jamoa uçun nomzod futbolçilar ham juda köp bölgan. Şu bois, milliy jamoamizning eng kuçli davri sifatida 2011 yilgi tarkib va murabbiylar ştabini körsataman.
«Odil Junior akademiyasi uçun oyiga 50-100 million söm sarflayman»
34 yoşli futbolçi suhbat davomida öziga qaraşli Odil Junior akademiyasi barça iqtidorlar uçun bepul ekani, barça xarajatlar uning çöntagidan sarflanişini aytib ötdi.
- Odil Junior akademiyamiz uçun oyiga 50-100 million söm atrofida sarflayman. Akademiyadagi murabbiylar maoşi, futbolçilarning yaşaşi bor. Toşkentdan taşqari, Namanganda ham akademiyamiz bor. U yerdagilarning ovqatlanişi va barça xarajatlarni ta’minlaymiz. Akademiyamiz tarbiyalanuvçilari uçun barçasi bepul.
Şunça qilayotgan xarajatlarimizni heç bölmasa bir nafar yaxşi öyinçini tayyorlab ham, çiqarib oliş mumkin. Xudo xohlasa, bolalarni töğri tarbiyalasak ular orasidan Jaloliddin Maşaripov, Eldor Şomurodov singari iqtidorlar yetişib çiqadi, deb öylayman. Maqsadimiz ham şu.
Foto: Tribuna.uz
Odil orzusidagi Özbekiston milliy jamoasi qanday köriniş olgan bölardi?
Özbekiston şarafini 14 yil himoya qilgan Odil Ahmedov milliy jamoa tarixidagi eng kuçli öyinçilaridan iborat ramziy jamoasini tuzdi.
- Agar men bilan öynagan futbolçilardan iborat ramziy jamoa tuziş kerak bölsa Ignatiy Nesterovni darvozaga qöyaman. Yöq, milliy jamoada öynagan eng yaxşi öyinçilardan iborat ramziy jamoa deyilsa, unda tarkib biroz özgaradi.
Darvozaga Pavel Bugaloni qöyaman. Himoya markaziga Andrey Fyodorov va Baxtiyor Aşurmatov, öng qanotga Islom Inomov, çapda Vitaliy Denisov. Maydon markaziga – Aziz Haydarov, Mirjalol Qosimov, Temur Kapadze. Hujum çiziğiga esa Maksim Şatskix, Aleksandr Geynrix va Eldor Şomurodovni tanlagan bölardim.
Boş murabbiy? Valeriy Nepomnyaşiyni qöygan bölardim.
Qaçonlardir milliy jamoani boşqaramanmi? Yöq, milliy jamoada murabbiy sifatida işlamayman, - deydi Odil suhbat yakunida.
Eslatib ötamiz, Odil Ahmedov 2007 yildan 2021 yilning yozigaça boş jamoamiz safida töp surib, Özbekiston JÇ-2022 uçinçi saralaş bosqiçiga çiqa olmaganidan söng milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi. 34 yoşli yarimhimoyaçi Xitoy Superligasi joriy mavsumida «Tsançjou Mayti Layons» safida 7 öyinda maydonga tuşgan.