Unga köra, Özbekiston milliy jamoasi noyabr oyida Qatar (2:3) va KXDR (1:0) bilan uçraşuvlardagi bir mağlubiyat va ğalaba bilan yilni reytingda 58-örinda yakunlaydigan böldi.

Qayd etiş joiz, 58-örin milliy jamoamizning sönggi 8 yillikdagi eng yaxşi natija sanaladi. Bungaça «Oq börilar» Samvel Babayan murabbiyligida 2016 yilda FIFA reytingida 48-örinni qayd etgandi.

Eslatib ötamiz, Sreçko Katanets şogirdlari 2023 yilni 68-örinda yakunlagan bölsa, Qatarda ötgan Osiyo kubogidan keyin 66-öringa kötarilgandi. Mart oyidagi FIFA kunlari doirasida Hongkongga qarşi JÇ-2026 2-saralaş bosqiçidagi ğalabalardan keyin (2:0, 3:0) Özbekiston milliy jamoasi JÇ-2026 hal qiluvçi saralaş bosqiçi va Osiyo kubogi-2027ga yöllanmasiga ega çiqib, reytingda 64-öringa yuqorilagandi. JÇ-2026 2-saralaşi doirasidagi Turkmaniston (3:1) va Eron (0:0) bilan öyinlardan keyin vakillarimiz yana ikki poğona yuqorilab, 62-örindan joy olgan, iyul oyida e’lon qilingan reytingda esa 61-örin, sentabrda yana bir poğona yuqorilagandi.

FIFA reytingida Argentina milliy jamoasi 1-örinda bormoqda, Fransiya 2-örinda qoldi. Yevropa çempioni Ispaniya 3-poğonada qoldi. Angliya 4-örin, Braziliya 5, Portugaliya 6-poğonada. Niderlandiya (7), Belgiya (8),  Italiya (9) va Germaniya önlikdan joy olgan.

Osiyo jamoalari top-10lik orasida esa vakillarimiz 7-örinda qolgan. Yaponiya qit’ada peşqadam sanaladi – 15-örin, Eron (18) va Janubiy Koreya (23) uçlikda. Avstraliya (26), Qatar (48), Iroq (56), Özbekiston (58), Saudiya Arabistoni (59), BAA (63) va Iordaniya (64) önlikka kirgan.

Ma’lumot uçun, Özbekiston milliy jamoasining FIFA reytingidagi eng yaxşi natijasi – 45-örin bölib, vakillarimiz 2006-2007 yillarda uşbu örinda qayd etilgandi.