Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Katanets Iordaniyaga qarshi Qatardagi o‘rtoqlik o‘yini uchun tarkibni e’lon qildi
O‘zbekiston milliy jamoasining 2025 yildagi dastlabki yig‘iniga asosan Superligada to‘p suradigan o‘yinchilar jalb etildi.
O‘FA xabariga ko‘ra, milliy jamoamiz 20-31 yanvar kunlari Qatarda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadi. Vakillarimiz yig‘in doirasida 27 yanvar kuni Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Bosh murabbiy Srechko Katanets tomonidan mazkur yig‘inga, asosan, mahalliy chempionatda to‘p suruvchi futbolchilar jalb etildi.

O‘zbekiston milliy jamoasining Qatardagi yig‘inga jalb etilgan tarkibi:
Darvozabonlar: Abduvohid Ne’matov (Nasaf), Botirali Ergashev (Neftchi), Hamidullo Abdunabiyev (Bunyodkor)
Himoyachilar: Avazbek O‘lmasaliyev (OKMK), G‘olib G‘aybullayev (Nasaf), Dilshod Komilov (Nasaf), Islom Qobilov (So‘g‘diyona), Jahongir O‘rozov (Dinamo), Farrux Sayfiyev (Navbahor), Sherzod Nasrullayev (Nasaf), Saidazamat Mirsaidov (Navbahor), Zafarmurod Abdurahmatov (Nasaf)
Yarimhimoyachilar: Akmal Mozgovoy (Nasaf), Odil Hamrobekov (Bunyodkor), Jamshid Iskanderov (Navbahor), Jahongir Abdusalomov (Surxon), Oybek Bozorov (Nasaf)
Hujumchilar: Anvarjon Hojimirzayev (Dinamo), Azizbek Amonov (Neftchi), Doniyor Abdumannopov (Paxtakor), Bobur Abduxoliqov (Nasaf), Husayn Norchayev (Neftchi), Jasur Yaxshiboyev (Ordabasi, Qozog‘iston).
Mavzuga oid
20:49 / 07.07.2026
«Dinamo» futbolchisi Bundesliga klubiga o‘tishi mumkin
09:41 / 04.07.2026
Kannavaro, ichki muhit, alamli 11 gol va Ronalduga qarshi jang: Rustam Ashurmatov bilan eksklyuziv suhbat
23:50 / 01.07.2026
Bosh vazir futbolchilardan milliy jamoani tanqid qilgan «divan ekspertlarini» kechirishni so‘radi
21:25 / 01.07.2026