Britaniya hukumati koronavirusning yangi varianti omikron haddan taşqari yuqori tezlikda tarqalayotganini ma’lum qildi, mamlakat boş vaziri yangi ştamm bilan boğliq ilk ölim holati haqida xabar berdi, ekspertlar yangi variant nisbatan yuqumli ekani, ammo kasallik oğir keçmasligini aytişmoqda, şu bilan birga hali xulosa qilişga ertaligi haqida ogohlantirişmoqda. Pokistonda omikronga çalinişning ilk holati aniqlandi, Xitoyda deltaning nisbatan zararli ştammi qayd etildi.

Dunyodagi koronavirus pandemiyasi böyiça sönggi ma’lumotlar.

Britaniyada omikrondan ilk ölim
Boş vazir Boris Jonson Britaniyada omikron ştammi bilan kasallangan bemorlarning biri vafot etganini ma’lum qildi.

«Afsuski, omikron kasalxonaga yotqizişlarni kuçaytirmoqda va afsuski, kamida bitta bemorning omikrondan vafot etgani tasdiqlandi. Şunday ekan, bu virusning qandaydir yengil versiyasi ekani haqidagi gaplarni unutib, yangi variant katta tezlikda tarqalayotganini tan oliş kerak» dedi u. 

Bungaça dunyoda omikron ştammidan birorta ölim holati ma’lum emasdi.

Boris Jonson duşanba kuni Londondagi emlaş markaziga taşrif buyurdi / GETTY IMAGES

Britaniya hukumati yanvardagi tölqinda mamlakatda har kuni örtaça 200 ming kişida omikron aniqlanişini kutmoqda. Bunday yuqori körsatkiçlar pandemiya boşidan buyon qayd etilmagan (duşanba kungi holatlar soni 54,6 ming atrofida böldi).

Hozirça Britaniyada omikron bilan zararlanişning 4,7 ming holati röyxatga olingan, ammo bu son har ikki-uç kunda ikki barobar oşadi. Hozirda Londondagi jami kasallaniş holatlarining 44 foizdan ortiq qismi omikron hissasiga töğri kelmoqda, soğliqni saqlaş vaziri Sajid Javid tez orada mamlakat poytaxtida yangi mutatsiya dominionlik qila boşlaşini aytdi.

Hukumat fuqarolarga imkon qadar tezroq buster doza bilan emlanişni taklif etmoqda, çunki mavjud ma’lumotlarga köra, ikki doza bilangina emlangan odamlar kasallikka nisbatan kuçsiz himoyaga ega böladi.

Birlaşgan Qirollikda yangi ştamm aniqlangan 27 noyabrdan buyon boş vazir Boris Jonson çeklovlarni kuçaytirgan, yakşanba kuni u millatga murojaatida omikron tufayli mamlakatda yangi tölqin boşlanişi kutilayotgani haqida ogohlantirdi.

«Heç kimda şubha bölmasligi kerak: omikron tölqini yaqinlaşmoqda», deydi u telemurojaatida. U vaksinaning ikki dozasi yetarli emasligi, biroq uçinçisi koronavirusning yangi variantiga qarşi kuraşda katta ahamiyatga ega bölişi mumkinligini aytib ötdi va voyaga yetgan barçaga Yangi yilga qadar revaksinatsiyadan ötişga ruxsat berdi.

«Endi biz omikron haqida bilamiz, u fenomenal tezlikda tarqalmoqda, biz bunaqasini avval heç qaçon körmaganmiz, infeksiya yuqtiriş holatlari soni har ikki-uç kunda ikki barobar kötarilmoqda», degan soğliqni saqlaş vaziri Sajid Javid Sky News telekanaliga bergan intervyusida. Vazir mamlakatda omikronga çalinganlarning 10 nafari oğirlaşib, şifoxonaga yotqizilgani, ammo tezda ular orasida ilk ölim röy berganiga e’tibor qaratgan.

Juma kuni e’lon qilingan ma’lumotlar şuni körsatdiki, omikron simptomatik keçişining oldini oliş uçun vaksinaning ikki dozasi kamlik qiladi, faqat uçinçi doza himoyani 70 foizga kötaradi. Javidning sözlariga köra, bu variant simptomlari yengil keçsa-da, uning yuqori tezlik bilan tarqalişi, hukumat tezkor çoralar körmasa, soğliqni saqlaş sohasi yuklamaga doş bera olmay qolişini anglatadi.

Britaniyalik olimlar prognozlariga köra, aprel oyi oxiriga borib vaksinalar samaradorligidan qat’i nazar, ölim holatlari 25 mingdan 75 minggaça bölişi mumkin.

GETTY IMAGES

Ehtimoliy ssenariylar qanday köriniş olgan?
Eng optimistik ssenariyga köra, omikronda immun tizimini aylanib ötiş qobiliyati past darajada bölganda, buster dozalar yuqori samaradorlik körsatganda, 1 dekabrdan 30 aprelga qadar Angliya uçun prognoz şunday köriniş oladi:

  • 20,9 mln kasallaniş
  • 175 ming bemor şifoxonaga yotqizilişi
  • 24 700 ölim

Eng pessimistik ssenariyga köra, yangi ştamm immun tizimini muvaffaqiyatli aylanib ötsa va qöşimça vaksina dozasi samarali bölmaganda xuddi şu davr uçun Angliyada:

  • 34,2 mln kasallaniş
  • 492 ming bemor şifoxonaga yotqizilişi
  • 74 900 ölim

Şimoliy Irlandiyada kovid pasporti
Şimoliy Irlandiyada kovid pasporti endi yuridik kuçga ega böladi, mehmonxonalar va boşqa dam oliş maskanlari bu qoidaga rioya etmasa, 10 000 funtgaça jarimaga tortilişi mumkin.

Restoran yoki boşqa köngiloçar maskanlarga taşrif buyuruvçilar emlangani, testning manfiy natijasi yoki yaqinda koviddan tuzalgani töğrisidagi ma’lumotni taqdim etişi kerak böladi.

Pasport 29 noyabr kuni joriy etilgandi, ammo dastlabki ikki hafta mobaynida majburiy bölmaydi.

Ötgan oyda vazirlar Demokratik yunionlar partiyasi qarşiligiga qaramay, majburiy tekşiruvlar uçun ovoz berişgandi.

Partiya a’zosi, Şimoliy Irlandiyaning birinçi vaziri Pol Givan kovid pasportlari joriy etilişi infeksiya tarqalişining oldini olişda yetarli darajada samarador emas degan fikrda.

Ammo boşqa partiyalar bu sxemani qöllab-quvvatlamoqda va soğliqni saqlaş vazirligi ham bu çora Covid-19 keng tarqalişi xavfini çeklaşda yordam beradi deb hisoblaydi.

Şimoliy Irlandiyadada omikron bilan boğliq holatlar öndan ortgan.

Omikron, aftidan, xavfi kamroq, ammo xulosa qilişga hali erta
Janubiy Afrikadan kelgan dastlabki ma’lumotlar omikron varianti avvalroq paydo bölgan ştammlar bilan soliştirganda u qadar xavfli emasligini körsatgan, deb hisoblaydi Byorn universiteti epidemiologi, doktor Emma Hodkroft.

Ammo, uning sözlariga köra, xulosalar qiliş uçun hali erta. Masalan, Buyuk Britaniya bilan taqqoslaganda Janubiy Afrika aholisi ança yoşroq, şuning uçun oğir holatlar ham bu mamlakatda kamroq.

Qolaversa, köplab janubiy afrikaliklar kovidni boşdan keçirib bölgan, şuning uçun ularda kasallik oğir keçişi kamroq kuzatilayotgan bölişi mumkin.

Omikron yuqtirib olganlarning köpçiligida şifoxonaga yotqizişni talab etadigan jiddiy simptomlar vaqt ötib paydo bölişi ham mumkin.

«Agar omikron u qadar xavfli bölib çiqmasa ham, u juda tez tarqalayotganidan kelib çiqib, agar Buyuk Britaniyada juda köp odam bir vaqtda kasallansa soğliqni saqlaş xizmati sohasi juda katta zarba ostida qoladi, soha şusiz ham delta varianti tufayli holdan toygan», deydi Hodkroft.

Yoxannesburgdagi Vitvatersrand universiteti professori, vaksinolog Şabir Madhining hisoblaşiça, yangi variant avvalgilariga qaraganda yuqumliroq, ammo undan ölim körsatkiçi yuqori bölmaydi.

U JARda omikronga çalinib, şifoxonaga yotqiziladiganlar soni epidemiyaning avvalgi bosqiçlarida şifoxonalarga yotqizilganlar sonidan kamroq bölişini taxmin qiladi.

«Masalan, keça 20 ming atrofidagi holat qayd etilib, Covid-19dan 25 ölim holati qayd etildi. Delta avj olganida Janubiy Afrikada kuniga 20 ming atrofida yangi holatlar qayd etilib, kunlik ölimlar soni 250dan 300gaça bölgandi», degan u BBC uçun intervyusida.

JAR prezidentida koronavirusning yengil formasi
JAR prezidenti Siril Ramafosada yakşanba kuni test natijasi musbat çiqqaç, Covid-19ning yengil belgilari kuzatilmoqda.

Hukumat bayonotiga köra, 69 yoşli Ramafosa tibbiy brigada nazorati ostida bölib turibdi. Ötgan haftada Ğarbiy Afrikadagi tört davlatga safari davomida bir neça marta test topşirgandi.

Ramafosa özining infeksiya yuqtirib olgani barça fuqarolar uçun ogohlantiriş bölişi lozimligi hamda vaksinatsiya va ijtimoiy masofa saqlaş qoidalariga e’tiborli böliş kerakligini aytib ötgan.

Sönggi 24 soatda mamlakatda kovidga çaliniş bilan boğliq 18 mingdan ortiq holat qayd etilgan.

Fransiyada oltinçi tölqin
Hamon delta varianti tufayli yuzaga kelgan beşinçi tölqinni yenga olmayotgan Fransiya yanvarda omikron keltirib çiqaradigan navbatdagi tölqinga röbaru keladi. Bu haqda Yevropadagi yirik şifoxonalar tizimining (AP-HP) Parijdagi guruhi rahbari Martin Hirş aytib ötdi.

«Biz hozirça omikron tufayli oltinçi tölqin bölişi haqida gapirmadik, bu keyinroq, yanvarda böladi», degan Hirş RTL radiosiga bergan intervyusida.

GETTY IMAGES

Deltaning yangi varianti Xitoyga yetib bordi
Xitoy hukumati şarqdagi Jetszyan provinsiyasida Covid-19 avj olgani haqida xabar berdi. Şifokorlarning sözlariga köra, yangi holatlar delta ştammining iyul oyida yuzaga kelgan AY.4 sub-liniyasi (delta+) bilan boğliq. Mahalliy rasmiylar jamoaviy yiğilişlarga va provinsiyadan taşqariga çiqişga çeklovlar joriy etgan.

Yakşanba kuni Sinhua agentligi xabar berişiça, Jetszyan provinsiyasida 5 dekabrdan 12 dekabrgaça vaqt oraliğida kasallikning qaytalanişi fonida bir virus taşuvçi 138 kişini zararlagani qayd etilgan.

Tahlillarda aniqlanişiça, provinsiyaning uçta şahridagi holatlarni delta ştammining sub-liniyasi AY.4 keltirib çiqargan. Iyun oyida Hindistonda «hindça» ştammning yangi varianti tarqalgandi. Maxaraştra ştatida aniqlangan uşbu tur delta-plyus deb nomlandi. Dastlab, bu variant original delta variantidan ham zararliroq va öta yuqumli ekani, hatto uning taşuvçisi yonidan niqobsiz ötib ketiş ham xavfliligi haqida aytişdi. Oksford universitetining molekulyar va hujayralar biologiyasi sohasidagi fan doktori Rozelin Lemus-Martin kuz oxirida bu variant bir neça mamlakatlarga tarqaldi, ammo heç qayerda dominionlik qilolmaganini qayd etdi.

Jetszyan provinsiyasida 64,6 mln kişi yaşaydi. Soğliqni saqlaş böyiça milliy komissiya ma’lumotiga köra, duşanba kuni mamlakatning materikdagi qismida Covid-19ga çaliniş bilan boğliq 101 holat qayd etilgan, şundan 80tasi mamlakat içidagilarda, 21tasi xorijdan kelganlarda aniqlangan.

Pokistonda ilk kasallaniş holati
Duşanba kuni Karaçidagi Aga Xon universiteti Pokistonda omikron varianti bilan ilk kasallaniş holati haqida xabar berdi.

Hozirça mamlakatda koronavirusning uşbu variantini yuqtirib oliş holatlari yöq. Soğliqni saqlaş milliy instituti ham bu ma’lumotni tasdiqladi.

Xabar qilişlariça, 57 yoşli patsiyent vaksina qabul qilmagan va unda koronavirus simptomlari bölmagan. Soğliqni saqlaş departamenti ma’lumotiga köra, ayni vaqtda omikron bilan boğliq yangi holatlarni aniqlaş uçun uşbu bemorning sönggi kontaktlari kuzatilmoqda.

Koronavirus pandemiyasi böyiça boşqa ayrim ma’lumotlar:

  • Norvegiyada ham koronavirus çeklovlari kuçaytirilişi haqida e’lon qilişdi, bu yerda ham omikron tez tarqalmoqda, kovidga çalinib, şifoxonaga yotqiziş zarur bölgan bemorlar soni tez ösmoqda.
  • AQŞ kasalliklarni nazorat qiliş va profilaktika markazi mamlakat aholisiga koronavirus tufayli Italiya, Grenlandiya va Mavrikiyga bormaslikni tavsiya qildi.
  • Kaliforniya rasmiylari yopiq binolar içida niqob taqiş rejimini joriy etdi. Şukronalik kunidan keyin ştatda yangi kasallaniş holatlari 47 foizga ösgan va hozirda har 100 ming kişiga 14ta holat töğri kelmoqda.
  • Latviya poytaxti Riga şahrida bir neça ming kişi iştirokida pandemiyaning navbatdagi tölqini fonida joriy etilgan çeklovlarga qarşi aksiya bölib ötdi. Namoyişçilarning politsiya bilan töqnaşuvi oqibatida tört kişi qölga olindi, bir politsiyaçi yaralangan.
  • Sönggi hafta mobaynida Angliya Premer-ligasida 42 futbolçida koronavirus aniqlandi - bu joriy yil yanvaridan buyon qayd etilgan eng yuqori körsatkiçdir.