10:17 / 14.12.2021
2606

Samarqandda tirbandlik haqida xabar berish uchun Telegram-bot ochish taklif etildi

Samarqandda ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ishtirokidagi matbuot anjumanida shahardagi tirbandliklar haqida ham savol berildi.

Foto: Kun.uz

Jurnalistlar IIV rasmiysiga Samarqand shahrida bir necha yildan buyon davom etayotgan qurilishlar sabab ko‘p yo‘llar yopiqligi, ochiqlarida esa doimiy tirbandlik sodir bo‘layotgani haqida savol berib, shaharning asosiy tirband bo‘ladigan ko‘chalarini sanashdi.

Bunga javoban Samarqand viloyat IIB matbuot kotibi Jahongir Sa’dullayev shahardagi tirbandlik haqida xabar beruvchi Telegram-bot ochishni taklif qildi. «Botga tirbandlik yuzaga kelgan chorraha haqida xabar kelib tushsa, u yerga xodim yuboriladi va tirbandlikni bartaraf etadi», dedi IIB rasmiysi.

Foto: Kun.uz

Anjumanda ishtirok etgan Samarqand viloyat IIB YHXB mas’ulining aytishicha, shaharda «aqlli svetofor»lar o‘rnatish bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda va ular tez orada Samarqand chorrahalarida paydo bo‘ladi. Bunday svetoforlar chorraha yo‘llaridagi mashinalar soniga qarab chiroqlar yonish vaqtini avtomatik o‘zgartiradi.

Top