Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stoltenberg NATO Rossiyaning qarshiligiga qaramasdan kengayishini ma’lum qildi
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATOning sharqqa kengaymasligi borasida yuridik kafolat kerakligini aytgandi.
Foto: nato.int
NATO nafaqat so‘zda, balki amalda ham ochiq eshiklar siyosatini tutadi, dedi alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
U so‘nggi yillarda Chernogoriya va Shimoliy Makedoniya NATOga qabul qilinganini eslatib o‘tdi.
«Biz Rossiyaning noroziliklariga qaramasdan Shimoliy alyansni kengaytirdik», — dedi u.
Shuningdek, Stoltenberg alyans Yevropaning boshqa mamlakatlarini NATOga qo‘shilishga taklif etish imkonini beruvchi Shimoliy Atlantika shartnomasining 10-moddasini eslatdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning NATOga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qaror Kiyevning o‘zi va alyansning 30 a’zosi tomonidan qabul qilinadi.
1 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATOning sharqqa kengaymasligi borasida yuridik kafolat kerakligini aytgandi. U AQSh prezidenti Jo Bayden bilan muloqotida ham bu mavzuni ko‘tardi.
Mavzuga oid
15:48
Ryutte: Urush Rossiyani yemiryapti, poytaxt aholisi ham yaqinda buni his qiladi
09:33 / 13.02.2026
Ukraina NATO diqqat markazida: 35 mlrd yordam va havo hujumidan mudofaa inqirozi
14:47 / 12.02.2026
2025 yilning o‘zida 400 mingga yaqin: NATO Rossiya yo‘qotishlarini ochiqladi
13:45 / 12.02.2026