«Buni uddalay olmagan hokim menga kerak emas» - Prezident yer balansini to‘g‘ri yuritish hokimlar majburiyati ekani haqida
Kadastr sohasidagi ishlar tahlil qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 dekabr kuni yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Prezident ilk marta 23 million gektar qishloq xo‘jaligi yerlari xatlovdan o‘tkazilib, elektron xaritaga kiritilganini ma’lum qildi.
«Yangi tashkil etilgan Kadastr agentligi joriy yilda O‘zbekiston tarixida ilk bor qishloq xo‘jaligi yerlarini yalpi xatlovdan o‘tkazishni boshladi va 23 million gektar qishloq xo‘jaligi yerlarining elektron xaritasi yaratildi.
Bu birinchi marta. Bunaqa ish qilmagandik, chunki hech kim bunga kirishmagandi.
Bunday qilsak, korrupsiya yo‘q bo‘ladi. Shuning uchun ko‘p hokimlar xatlov qilmay turgin, olti oy, deb gapirganining zapisi bor», dedi prezident.
Ta’kidlanishicha, Asaka va Shahrixon tumanlarida o‘tkazilgan xatlovda 74 mingta xonadonning (jami xonadonlarning 65 foizi) yer ajratish qarori yo‘qligi, 4,5 mingtasi (4 foiz) muhofaza zonalarda qurilgani ma’lum bo‘lgan. Ushbu tumanlar yer balansida aholi punkti yerlari 2 ming gektar deb ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, haqiqatda 10 ming gektar yerlar uy-joy bilan band bo‘lib turibdi.
Shu munosabat bilan kelgusi yil yakuniga qadar 6 millionta ko‘chmas mulk obektlarini xonadonbay xatlovdan o‘tkazish topshirilgan. Bunda har bir mahalladagi hokim yordamchilari o‘z hududidagi holatni tahlil qilib, kadastr idoralariga beradi.
Xatlov natijasi bilan bino-inshootlarning elektron xaritasi yaratilib, aholi uchun qulay va ochiq-oshkora onlayn platformaga joylashtiriladi.
«Yer balansini to‘g‘ri yuritish, yerni asrab-avaylash hokimlarning konstitutsiyaviy majburiyati va asosiy vazifasidir. Buni uddalay olmaydigan hokim menga kerak emas», degan davlat rahbari.
Yig‘ilishda galdagi muhim vazifalar belgilandi.
Avvalo, qishloq xo‘jaligi yerlarini hisobga olish ishlarini kelgusi yil 1 aprelgacha yakunlash muhimligi ta’kidlandi. Buning uchun qishloq xo‘jaligi yer balansidagi 2 million 700 ming gektar maydonning toifasini aniqlash zarur.
Kelgusi yilda aholiga ijaraga beriladigan 80 ming gektar yerni davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, keyin tanlovga chiqarish vazifasi qo‘yildi.
Hududlarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar ham ko‘pki, ulardan ham samarali foydalanish zarur. Masalan, o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufida 10 million gektardan ziyod, suv xo‘jaligi vazirligi tizimida 820 ming gektar, avtomobil yo‘llari atrofida 450 ming gektar yer bor. Shuningdek, 3 million 300 ming gektar yer hokimliklar zaxirasida turibdi.
Davlat rahbari bu yerlarning elektron xaritasini tuzish va davlat mulki sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish kerakligini ta’kidladi.
Ichki yo‘llar va ko‘p qavatli uylarga tutash hududlarni doimiy foydalanishga ajratish mumkinligi qayd etildi.
Yana bir muammo – yer balansida aholi yashash maydonlari 223 ming gektar bo‘lsa-da, amalda 1 million gektardan oshib ketgan. Shu bois, bunday ko‘chmas mulk obektlarini xatlovdan o‘tkazib, uning natijasi bo‘yicha elektron xarita tuzish hamda aholi uchun ochiq onlayn platformaga joylashtirish vazifasi qo‘yildi.
Kadastr idoralarining sharoitlarini yaxshilash, uskunalarini yangilash bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50
-
«Ikkinchi jahon urushidan keyin Berlinda bo‘lgani kabi» –Trampning maxsus vakili Ukrainada nazorat zonalari yaratishni taklif qildi
Jahon | 12:37
-
«Siti»da superkambek, «Barsa» nursiz o‘yinida ham g‘alaba qozondi. Kun o‘yinlari
Sport | 12:08
-
Futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogining Toshkent shahar bosqichiga start berildi
Sport | 11:50
Mavzuga oid

10:09 / 25.03.2025
66 mingdan ortiq holatda yerlarning o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi aniqlandi

16:12 / 20.01.2025
Toshkent shahri hokimligi ko‘chmas mulk sotib olishda ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi

07:50 / 27.12.2024