10:00 / 23.12.2021
5848

BASALT WOOL - Bazalt plitalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

Foto: BASALT WOOL

MChJ «BASALT WOOL» bazalt izolyatsion plitalari ishlab chiqarishni boshladi. Hozirgi kunda korxona respublika bo‘ylab hamkorlarni va buyurtmalarni qabul qilishni boshladi. Yillik ishlab chiqarish quvvati hozirgi vaqtda 35000 tonnani tashkil etadi va bu ko‘rsatkich 2022 yilda 3 baravar oshirilishi rejalashtirilgan.

Har qanday turar joy binolari issiqlikdan izolyatsiya qilingan bo‘lishi zarur. Qulay haroratni saqlash - bu bino qurilishida qilinishi kerak bo‘lgan asosiy vazifalardan biridir. 

Foto: BASALT WOOL

Bino ichkari qismidagi havo haroratini mo‘’tadil ushlab turish, tashqi issiqlik va sovuq haroratni ichkariga kirishidan saqlash va tashqi tovushlarni kamaytirish bu bazalt toshidan ishlab chiqarilgan plitasining asosiy vazifasidir. 

Foto: BASALT WOOL

BASALT WOOL – savdo belgisiga ega bazalt mineral vata laboratoriya tekshiruvlari natijasida yuqori ko‘rsatkichlarga ega mahsulot bo‘lib, uning qurilish binosining turli qismlarida foydalanish tavsiya etiladi:

  • bino tom qismida (tom qismining qizishini bino ichiga o‘tishidan saqlaydi)
  • bino pol qismida (pol qismini zaxlikdan saqlaydi)
  • bino fasad qismida (tashqi issiq/sovuq haroratni ichkariga kirishidan saqlaydi)
  • ichki xonalar devorlarida (xonalardagi tovushning boshqa xonalarga ta’sirini keskin to‘xtatadi)

Bazalt mineral vata mahsulotining afzalliklari haqida ko‘plab ma’lumotlar berish mumkin, ammo bu mahsulotni tajribali quruvchilar qanchalik foydali va kerakli ekanini bilishadi.

Foto: BASALT WOOL
Foto: BASALT WOOL

Mahsulot turlari, narxlari va boshqa xarid shartlari bo‘yicha quyidagi manzillar orqali aloqaga chiqishingiz mumkin.
Respublika bo‘ylab tadbirkorlarni hamkorlikka chorlaymiz, sifatli va xaridorgir mahsulot savdo faoliyatini olib boring!

Biz bilan aloqa:
Call Center: +998 97 005 88 88
Website: basaltwool.uz
E-mail: info@basaltwool.uz

Reklama huquqi asosida

Top