Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya - NATO yig‘ilishi o‘tkazilish sanasi ma’lum bo‘ldi
Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va NATO bilan o‘tkaziladigan muzokaralarning asosiy mavzusi alyansning sharqqa kengaymasligi masalasi bo‘ladi.
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg 12 yanvarda Rossiya — NATO kengashi yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Anadolu agentligi xabar berdi.
«Biz bu masala bo‘yicha Rossiya bilan muloqotda bo‘lib turibmiz», — degan manba.
O‘sha kuni Bryusselda NATOga a’zo mamlakatlar bosh shtablari boshliqlarining yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va NATO bilan o‘tkaziladigan muzokaralarning asosiy mavzusi alyansning sharqqa kengaymasligi masalasi bo‘ladi.
21 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATOning Rossiya chegarasida qilayotgan harakatlarini yana bir bor agressiv deb atab, bunga qarshi harbiy choralar ko‘rishga haqli ekanini ta’kidlagandi.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026