O‘zbekiston | 12:00 / 27.12.2021
5145
6 daqiqa o‘qiladi

Ferkensco texnika yo‘nalishidagi OTM bitiruvchilariga imkoniyatlar eshigini ochadi

Ferkensco Management Limited kompaniyasi Samarqand davlat universiteti va Navoiy davlat tog‘-kon instituti bilan ushbu oliygohlar bitiruvchilarini kompaniya korxonalarida ishga jalb etish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvlar imzoladi.

Foto: Ferkensco Management Limited

Kelishuvlar ishlab chiqarish jabhalari va ta’lim muassasalari o‘rtasida hamjihatlikni yo‘lga qo‘yish, oliygohlarda muayyan profil yo‘nalishiga oid ta’lim dasturlarini tashkil etish, oliygohlar bitiruvchilarini kompaniya korxonalaridagi ish o‘rinlariga jalb etish masalasiga qaratilgan. Taraflar ushbu kelishuvlar orqali kadrlarni aniq bir korxona zimmasidagi vazifalardan kelib chiqqan holda tayyorlash an’anasi tiklanishiga umid bildirmoqdalar. 

2023 yilgacha Ferkensco O‘zbekistonda bir nechta loyihalarni ishga tushiradi: Navoiy viloyatida fosforli ruda qazib olish uchun karer hamda boyitish fabrikasi, Samarqand viloyatida MAP va NPK toifa o‘g‘itlarni ishlab chiqarish bo‘yicha kimyo majmuasi, shuningdek, ikki yil keyinroq, ammiak va ammiak selitrasini ishlab chiqarish bo‘yicha korxona. 

Ushbu obektlarda umumiy hisobda 1500 ta ish o‘rni yaratilib, uning 30 foizi oliygohlarda profil yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilar uchun mo‘ljallangan.

Samarqand davlat universiteti va Navoiy davlat tog‘-kon instituti O‘zbekistonning texnik yo‘nalishdagi eng ilg‘or oliygohlari o‘ntaligiga kiradi. Bu oliygohlar malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha katta tajribaga ega. Masalan, SamDU o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab ayni kunda Ferkensco tomonidan rekonstruksiya qilinayotgan «Samarqandkimyo» zavodi uchun mutaxassislar tayyorlashni boshlagan. Navoiy DTKI esa tarmoqdagi yirik ishlab chiqaruvchilar hisoblangan Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati hamda «Navoiazot» bilan hamkorlik qiladi.  

Foto: Ferkensco Management Limited

Tashkilotlar o‘rtasidagi ushbu kelishuvda dual tartibdagi ta’lim tizimini joriy etish nazarda tutilgan. Oxirgi bosqich talabalari ishlab chiqarish amaliyotini bevosita ishlab chiqarish maydonchalarida, ta’lim jarayoni bilan barobar ravishda o‘tkazadilar. Bu bitiruvchilarga texnologik jarayonlar bilan yaqindan tanishish, o‘z bilimlarini ishlab chiqarish jarayonida qo‘llab ko‘rish imkonini beradi.   

Bundan tashqari, talabalarni tayyorlash bo‘yicha alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra ishlab chiqarish ehtiyojlari va texnologiyasiga mos ravishda maxsus fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. 

 «Biz 2023 yilda korxonaning ochilishiga oliygohlarning 300 nafar bitiruvchilarini yuqori maoshli lavozimlarga jalb etmoqchimiz. Yosh mutaxassislar bizning zavodlarimizda ajoyib karera qilishlari mumkin. 

Oldinlari, korxonalarda oilaviy sulolalar an’anasi mavjud edi: yosh mutaxassislar zavodga kelar, bu yerda ko‘p yillar, ba’zan butun umr unumli mehnat qilar va o‘z bilimi, tajribasini farzandlariga o‘rgatar edi. Karerimizning loyihaviy quvvati 40 yildan ortiq muddatga mo‘ljallangan – aminmanki, bu vaqt davomida biz kimyo tarmog‘i rivoji uchun katta hissa qo‘shishga qodir bo‘lgan bir nechta avlodni voyaga yetkazishga ulguramiz», - deydi Ferkensco Management Limited kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Timur Jo‘rayev.

Foto: Ferkensco Management Limited

«Oliygohimizni har yili o‘nlab mutaxassislar bitirib chiqadi. Ular o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish borasida muammolarga duch keladilar. Ishlab chiqarish kompaniyalari bilan hamkorligimiz malakali mahalliy mutaxassislarni mamlakatda tutib qolish va ularga unumli faoliyat yuritishlari uchun sharoit yaratish imkonini beradi. Ferkensco vakolatxonasi bilan erishgan kelishuvimiz – bu vatanimiz sanoati rivoji yo‘lidagi muhim qadamdir», - deydi SamDU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Ahmadjon Soliyev. 

Foto: Ferkensco Management Limited

«Ferkensco kabi kompaniyalar bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishish – bu nafaqat bo‘lajak bitiruvchilar va mutaxassislar hayotidagi muhim bosqich hisoblanadi, balki mamlakatdagi oliy ta’lim tizimi rivoji uchun ham xizmat qiladi. Ta’lim dasturi ustida ayni paytda faoliyatda bo‘lgan texnologlar bilan birgalikda ishlash dasturni faollashtirish hamda uni amaliyot mashg‘ulotlari bilan yanada to‘ldirish imkonini beradi, bu esa, o‘z navbatida, oliygohlarni bitkazib chiqayotgan yosh kadrlarning malakaviy darajasi yuqori bo‘lishini ta’minlaydi», - deydi NDTI xalqaro munosabatlar bo‘yicha prorektori Baxtiyor Mardonov. 

Foto: Ferkensco Management Limited

Kompaniya to‘g‘risida

Ferkensco Management Limited – O‘zbekistonda to‘rtta korxona: fosforli rudani qazib olish bo‘yicha NEOFOS kareri, Navoi Minerals boyitish fabrikasi, «Samarqandkimyo» AJ bazasida MAP va NPK toifa o‘g‘itlarni ishlab chiqarish, shuningdek Yangiyer shahrida ammiak va karbamid ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalarini ishga tushirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirayotgan investitsion kompaniya.

Loyihalar dunyoda qo‘llanilayotgan eng ilg‘or texnologiyalar va yechimlardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Yangi ishlab chiqarishlarda O‘zbekiston va Yevropa qonunchiligida tabiat muhofazasi bo‘yicha nazarda tutilgan barcha me’yorlarga qat’iy tarzda amal qilinadi. 

Foto: Ferkensco Management Limited

Korxonalarda ishlab chiqarish va texnologiyalarni avtomatik boshqarish bo‘yicha eng zamonaviy tizimlar joriy etilib, bu xavfli ishlab chiqarish qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni maksimal darajada himoyalash imkonini beradi.

Ferkensco korxonasiga ishga joylashish bo‘yicha savollar bilan murojaat qilish uchun manzil:  https://t.me/jobfml

Reklama huquqi asosida

Маъруфжон Асқаров
Tayyorlagan Маъруфжон Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish