O‘zbekiston | 09:00 / 28.12.2021
3941
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbekistonda biznesni ilgarilatish va auditoriyada brendga nisbatan moyillik uyg‘otish uchun nima qilish kerak?

Foto: “The Bee’s Knees”

Ijobiy obro‘ni shakllantirish, sadoqatli mijozlar bazasini yig‘ish va ishonchli hamkorlarga ega bo‘lishni istaysizmi? Bu haqda yirik xalqaro va o‘zbekistonlik kompaniyalar va tashkilotlarni ilgarilatish bilan shug‘ullangan “The Bee’s Knees” to‘liq siklli PR-agentligining ekspertlari qanday fikrda ekanliklarini o‘qib ko‘ring.

Mingtaning ichida tanho: sizga xos uslub kerak

Insonlarni hissiyotlar harakatga keltiradi. Aksariyat insonlar – hissiyotli iste’molchilar, ya’ni ular xarid haqida to‘satdan qaror qabul qiladilar. Uzoq muddatli istiqbolda ham shu qoida amal qiladi: hamkorlarning sadoqati brend ifodalaydigan ijobiy tuyg‘ularga quriladi.

Xos uslub yoki brend aydentikasi – bu sizning raqobatchilardan farqlanishdagi noyob uslubingizdir. Bu logotip va korporativ dizayngina emas, balki bu o‘zini taqdim etish va biznesda aks etuvchi qadriyatlar hamdir. Bularning bari bir lahzada kompaniyani bozordagi jiddiy o‘yinchilar safiga kiritadi.

Foto: “The Bee’s Knees”
Foto: “The Bee’s Knees”

“The Bee’s Knees” brendlar ishlab chiqishni – ham vizual bezash borasida, ham maqsadli auditoriya bilan muloqot borasida – mahorat bilan uddalaydi.

Darvoqe, neymingning noyobligi ham katta ahamiyatga ega. Balki, nega aynan “The Bee’s Knees”, ya’ni, inglizchadan o‘girganda “asalarining tizzasi” ekanligi ko‘pchilikka qiziq bo‘lar? Ha, shunday, lekin bu so‘z birikmasi turg‘un ibora sanaladi – u biror narsaning noyobligi, favqulodda ekani va maftunkorligini ko‘rsatadi.

Dijitalning o‘zi emas: kompaniyaga jonli muloqot nega kerak

“Apple” taqdimotini butun dunyo foydalanuvchilari va mediasi kutadi, “Dunkin Donuts” pishiriqlari jonli efirda auditoriya bilan birga yopiladi – yirik brendlar hissiy kontaktga qaratilgan tadbirlarni bejiz o‘tkazmaydilar. Xushnud qilish, taassurot qoldirish, hadya ulashish va shularning bari orqali sadoqatga sazovor bo‘lish – bu ivent-marketingning asosiy maqsadidir.

Foto: “The Bee’s Knees”
Foto: “The Bee’s Knees”

Biznes uyushtirishi mumkin bo‘lgan tadbirlar ko‘p: odatiy ko‘rgazmalar va seminarlardan to festivallar, konsertlar va musobaqalargacha. Voqea formatini belgilash va voqeani bog‘lash mumkin bo‘lgan axborot sababini tanlashda “The Bee’s Knees” mutaxassislari yordam beradilar: ular O‘zbekistonda yengil va yuk avtomobillarining yangi modellarining taqdimotlarini va ko‘plab matbuot turlarini tashkil etish borasida katta tajribaga ega.

“The Bee’s Knees” sizga jurnalistlarni, fikrlar yetakchilarini va blogerlarni keltiradi va ular yoqimli taassurotlar bilan ketishlarini ta’minlaydi.

Ko‘z bilan ko‘rgan yaxshi: biznes uchun foydali videoroliklar

Auditoriya kamroq o‘qish va ko‘proq ko‘rishga moyil, demak, ilgarilatishda videomarketingni bee’tibor qoldirib bo‘lmaydi. “The Bee’s Knees” jamoasida videoroliklar va moushn-animatsiya ustasi bo‘lgan rejissyor ham bor. Shuningdek, u video formatini maqsaddan kelib chiqib tanlashda ham yordam beradi:

  • video-infografika – axborotni taqdim etishning arzon va kreativ usuli;
  • video-taqdimot mahsulotni yaqqol namoyish etishga yordam beradi;
  • gayd yoki yo‘riqnoma savollarga javob beradi va mahsulotdan qanday foydalanishni tushuntiradi;
  • intervyu – kompaniyaning ekspert darajasini chuqur ochib bera oluvchi format;
  • layfxaklar, to‘plamlar, yangiliklar va ko‘ngilochar video tovar yoki kompaniyani bevosita reklama qilmaydi, ammo auditoriya bilan aloqalarni mustahkamlaydi.

“Shaxsiyga yozib yubordik”: ijtimoiy tarmoqlarda qanday yo‘l tutish kerak

Ijtimoiy tarmoqlarda qatnashish beso‘roq ravishda barcha brend uchun zarur, B2C segmentida ishlovchilar uchun – alalxusus. Ijtimoiy tarmoqlar – iste’molchi va uning hissiyotlari tomon eng qisqa yo‘l.

Foto: “The Bee’s Knees”

Ilgarilatish uchun professional targetolog talab etiladi – to‘g‘ri sozlangan reklama aniq parametrlarga ega potensial mijozlarni keltiradi. Bunday yondashuvda natijalar (masalan, qiziqqan foydalanuvchilar mijozlarga aylanishi)ni bir necha kundayoq ko‘rish mumkin. 

“The Bee’s Knees”da tajribali targetolog ham bor, u auditoriya bilan aloqani yo‘qotmaslikda yordam beradi va yuqori jalb qilinganlikni ta’minlaydi, malakali kopirayterimiz esa, did bilan yozilgan, lo‘nda va jonli matnlar muallifidir.

“Piar”chi ham o‘zi: biznesga qachon matbuot xizmati kerak bo‘ladi?

Matbuot xizmatining missiyasi – bu mashhur nashrlarda intervyuni qanday uyushtirishni, matbuot relizini chiqindiga chiqarilmay, chop etiladigan qilib yozishni, matbuot anjumani yoki brifing o‘tkazishni bilishdir. Shuningdek, PR-bo‘lim jurnalistlar bilan aloqalar o‘rnatadi, korporativ sayt yuritadi, rahbariyat uchun nutqlar tayyorlaydi.

Foto: “The Bee’s Knees”

“The Bee’s Knees” asoschilari yirik kompaniyalar marketing va PR-xizmatlarining sobiq xodimlari bo‘lib, sizning xodimlaringizni o‘qitib yoki, hatto, noldan hammasini tashkil qilib bera oladilar.

Ammo, qayd etish kerakki, ayrim hollarda butun boshli bo‘limni shtatda ushlagandan ko‘ra, PR'ni autsorsingga bergan ma’qul. Agentlik bilan ishlab, siz mutaxassislar jamoasi imkoniyatlaridan foydalana olasiz, vaholanki, to‘laqonli PR-ko‘mak narxi doimiy oylik maoshlar summasidan sezilarli past bo‘ladi, shuningdek, kompaniya reklama joylashtirish va ilgarilatish borasida maxsus takliflarga ham ega bo‘lishi mumkin.

To‘liq sikl agentligi – bu shunchaki matbuot xizmatidan ko‘ra ko‘proq imkoniyat, bu 24/7 formatidagi qo‘llab-quvvatlashdir. Siz masalalarning tezkor, dam olish kunlari va tanaffuslarsiz hal etilishiga tayanishingiz mumkin. Ilgarilatish rejasini professionallarga ishoning va biznesingiz haqida boshqalar quloq soladigan tarzda hikoya qiling.

Telefonlar: +99890 808 38 00, +99890 808 39 00

Telegram: t.me/Pr_thebzns

Instagram: @pr_bees_knees

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish