Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanqiddan so‘ng: Karmana XTB mudiri ishdan olindi
Kun.uz surishtiruvi ortidan Navoiy viloyati Karmana tumani XTB mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi Nasiba Sodiqova vazifasidan ozod etildi. Metodist va bosh hisobchini ishdan olish yuzasidan topshiriq berilgan.

Foto: Kun.uz
Xalq ta’limi vazirligi Karmana tumani XTB chet tili o‘qituvchilariga tarqatilayotgan 1 mln so‘m mablag‘ni naqd ko‘rinishida berib, bozor narxi 60 ming so‘m bo‘lgan kitoblar to‘plamini 483 ming so‘mdan pullamoqchi bo‘lgani haqidagi ma’lumot yuzasidan munosabat bildirdi.
Vazirlik bayonotiga ko‘ra, Kun.uz sayti surishtiruvidagi faktlar ishchi guruh tuzilib, o‘rganilgan, o‘rganish jarayonida bu ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topgan.
«O‘rganish xulosalariga ko‘ra, holat o‘z tasdig‘ini topdi. Shu bois, Xalq ta’limi vazirligining bir necha bor mazkur holat yuzasidan ogohlantirishiga qaramay ushbu holatga yo‘l qo‘yganligi uchun Karmana tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi o‘z vazifasidan ozod etildi. Karmana tumani XTBning bosh hisobchisi va xorijiy tillar metodistini lavozimidan ozod etish yuzasidan vazirlik rahbariyati tomonidan topshiriq berildi.
Xalq ta’limi vazirligi yuqoridagi kabi holatlar qaytarilib, o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda keskin va ayovsiz chora ko‘rilishi haqida yana bir bor ogohlantiradi», deyiladi vazirlik bayonotida.

Kun.uz Karmana tumani XTB mutasaddilari Xalq ta’limi vazirligi bayonotiga zid ravishda chet tili o‘qituvchilariga tarqatilayotgan 1 mln so‘m mablag‘ni naqd ko‘rinishida berib, bozor narxi 60 ming so‘m bo‘lgan kitobni 483 ming so‘mdan pullamoqchi bo‘lgani yuzasidan surishtiruv o‘tkazgandi. Surishtiruv jarayonida tumandagi maktablarga majburiy ravishda kitob tarqatilgani va ularning puli o‘qituvchilarga berilgan 1 mln so‘m puldan qaytarib qolingani aniqlangandi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qirg‘izistondan 5,2 mlrd so‘mlik tilla buyumlarni noqonuniy olib kelgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 09:22
-
Toshkent va Farg‘onada ichki ishlar sohasidagi pensionerlar huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:04
-
Hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimi takomillashtiriladi
O‘zbekiston | 09:01
-
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib ekologik texnologiya asosida molibdenni qayta ishlamoqda
O‘zbekiston | 09:00
Mavzuga oid

10:46 / 24.01.2022
«Kitob savdosi» mojarosi ortidan ishdan ketgan mudir boshqa rahbarlik lavozimini egalladi

09:28 / 28.12.2021