O‘zbekiston | 11:15 / 31.12.2021
3196
2 daqiqa o‘qiladi

Qamoqdan chiqqanlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ijtimoiy-moddiy yordam paketi joriy qilinadi

Mahkumlar va jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslarning mehnat, ijtimoiy ta’minot huquqlarini ta’minlash, ijtimoiy moslashuvi va jamiyatga reintegratsiyasiga ko‘maklashish samarali mexanizmlarini joriy etish, bunda davlat va jamiyat institutlari birgalikdagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Foto: Kun.uz

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga jazoni o‘tash sharoitlari xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtiriladi.

Mehnatga jalb etilgan mahkumlarga koloniyalardagi ish stajini umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblash tartibi joriy etiladi.

Ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni o‘tab bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni joriy qilish orqali ularning ijtimoiy moslashuvi mexanizmlari takomillashtiriladi.

Mahkumlarning tuzalish yo‘liga o‘tganligini belgilovchi qat’iy mezonlar ham belgilab qo‘yiladi.

Bundan tashqari, harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona elektron reyestrni yuritishning elektron dasturi takomillashtiriladi.

Ushlangan shaxslarni yagona reyestrga kiritilmagan holda ushlab turishni noqonuniy deb topish tartibi joriy etiladi. Qidiruvdagi shaxslarni noqonuniy ushlab turishning oldini olish bo‘yicha huquqiy mexanizmlar takomillashtiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid