Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘yliq bozorida samarqandlik tadbirkordan pul talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi
Qo‘yliq bozorida samarqandlik tadbirkordan pul talab qilgan shaxslar qo‘lga olingan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 14 noyabr kuni soat 09:30 larda Samarqand shahrida yashovchi F.A. ho‘l meva mahsulotlarini sotib olib, Samarqand viloyatiga yuborish maqsadida Qo‘yliq bozoriga kelganda “Feruz”, “Navro‘z”, “Ismoil” va “Isroil” ismli shaxslar o‘zganing mulkini ochiqdan ochiq talon-toroj qilish niyatida uning 400 AQSh dollari miqdorida bo‘lgan pullarini olib qo‘yib, voqea joyidan yashiringan.
Ushbu holat bo‘yicha olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, Toshkent shahar Mirobod tumani Qo‘yliq mavzesida yashovchilar – 1984 yilda tug‘ilgan X.I., 1986 yilda tug‘ilgan X.F. hamda 1978 yilda tug‘ilgan X.I.lar qo‘lga olingan.
Dastlabki surishtiruvda ular F.A.ni 7-8 yildan beri tanishini, arizachi ulardan meva olib ketib, 4 million so‘m qarzni 2 yildan buyon bermasdan yurganini, 14 noyabr kuni uni ko‘rib qolib, nizolashishganini va yonida bo‘lgan 400 dollarni olib qo‘yishganini bildirishgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha hujjatlar to‘planib, Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.
Mavzuga oid
11:47 / 03.12.2024
BBC o‘zbekistonlik tadbirkor - Dilorom Yo‘ldoshevani «dunyo bo‘ylab ilhomlantiruvchi va nufuzli 100 ayol» ro‘yxatiga kiritdi
17:02 / 28.11.2024
«Kafolatlanmagan tadbirkorlar». Poytaxtdagi yuzlab korxonalar gazdan uzib qo‘yildi
15:19 / 08.11.2024
Ayrim tadbirkorlarga to‘langan solig‘ining bir qismi qaytarib beriladi
11:07 / 07.11.2024