«Yosh shaxmatchilarni mensimaslik qanchalik xavfliligini bilib qo‘yishdi». Chempionlarni yenggan yosh qahramonlar taqdirlandi
Bugun, 3 yanvar kuni tezkor shaxmat (rapid) bo‘yicha jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov, uning murabbiylari, kuchli o‘ntalikka kirishga erishgan Javohir Sindorovni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning birinchi qismi Milliy Olimpiya Qo‘mitasi binosida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari — prezidentning matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirok etib, 17 yoshli chempionga «Mard o‘g‘lon» ordeni, 2 xonali uy, 250 mln so‘m mukofot puli topshirishdi.
Shuningdek, Nodirbekning murabbiylari 100 mln so‘mdan, jahon chempionatida 8-o‘rinni egallagan Javohir Sindorov 50 mln so‘m, turnirdagi ishtiroki uchun Shamsiddin Vohidov 25 mln so‘m pul bilan taqdirlandi.
Marosimda so‘zga chiqqan chempionning otasi — Fazliddin Ochilov o‘zining dunyodagi eng baxtli otalardan biri ekanligini ta’kidladi: «Hozir O‘zbekistonda mendan baxtli ota bo‘lmasa kerak. Chunki kenja o‘g‘lim Nodirbek shaxmatning rapid yo‘nalishida eng yosh jahon chempioniga aylandi.
Shu o‘rinda o‘g‘lim nomidan jurnalistlardan kechirim so‘rayman. Chunki ko‘p bor intervyularni rad etganmiz. Chunki Nodirbekning kun tartibi bor. Unga amal qilishi kerak. Turli tadbirlar bilan ovora bo‘lganimizda bunday muvaffaqiyatlarga erisha olmasdik».
Shundan so‘ng rahbarlar, shaxmatchilar, OAV vakillari va muxlislar «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga yo‘l olishdi. U yerga yig‘ilgan minglab muxlislar chempionni olqishlashdi.
Marosimdan so‘ng Nodirbek Abdusattorov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: «E’tibor uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu — boshlanishi. G‘alabalar bardavom bo‘ladi. Kelgusida jahon shaxmat tojini ham O‘zbekistonga olib kelamiz.
Rapid yo‘nalishidagi bahslar anchagina energiyamni olib qo‘ydi. Bu blits yo‘nalishidagi o‘yinlarimga ta’sir o‘tkazdi
Eng qiyin o‘yin? 5 karra jahon chempioni Magnus Karlsen bilan to‘qnashuvni aytgan bo‘lardim. U amaldagi chempion edi.
Kelajakda klassik shaxmatda ham jahon chempioni bo‘lishni maqsad qilganman».
Javohir Sindorov esa unga biroz omad yetishmaganini aytib, rossiyalik grossmeyster Yan Nepomnyashiy bilan bo‘lgan qiziq holatni esladi: «Do‘stim Nodirbek 5 karra chempion Karlsendan ustun kelgani — tarixiy g‘alaba. Sababi norvegiyalik grossmeyster o‘zbekistonlik ikki shaxmatchi bilan o‘ynagan bo‘lsa, ikkalasiga ham yutqazdi. Birinchisi Shamsiddin Vohidov edi.

Blits yo‘nalishidagi ishtirokimdan qoniqdim. Birinchi kungi bahslarda peshqadam sifatida ketayotgandim. Biroq omad va tajriba yetishmasligi pand berdi. Ammo bunday turnirlarda kuchli o‘ntalikdan o‘rin olish ham yomonmas. 2022 yili Xitoyda o‘tadigan Osiyo o‘yinlari, Moskvada bo‘ladigan jahon Olimpiadasida g‘olib bo‘lishni maqsad qilganmiz.
Karlsen va Nepomnyashiy yosh shaxmatchilar bilan mensimay o‘ynash qanchalik xavfli ekanligini bilib qo‘yishdi. Nepomnyashiyni men ham yutdim, Nodirbek ham. Bir reaksiyasi, ya’ni menga yutqazgach «Yana o‘zbekka yutqazdimmi?» degandek uf tortgani hech esimdan chiqmaydi. Bu ularga dars bo‘ldi, deyish ham mumkin».
Eslatib o‘tamiz, 29 dekabr kuni Varshavada bo‘lib o‘tgan tezkor shaxmat (rapid) bo‘yicha jahon chempionatida 17 yoshli o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov g‘alaba qozonib, musobaqa tarixidagi eng yosh chempion bo‘lgandi.
Muxbir — A’zamjon Izzatillayev,
Tasvirchi va montaj ustasi — Abdusalim Abduvohidov
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Islandiyada harakatga kelgan vulqon sabab aholi evakuatsiya qilinmoqda
Jahon | 00:13
-
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
Jahon | 23:24 / 01.04.2025
-
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi
Fan-texnika | 23:16 / 01.04.2025
-
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Jahon | 23:14 / 01.04.2025
Mavzuga oid

00:38 / 11.02.2025
Shaxmatchi Javohir Sindorov Hikaru Nakamura ustidan g‘alaba qozondi

11:59 / 11.01.2025
2024 yilda eng ko‘p pul ishlab topgan shaxmatchilar ma’lum qilindi

20:43 / 22.09.2024
Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston erkaklar jamoasi bronza medallarni qo‘lga kiritdi

09:30 / 12.05.2024