“Buxoro neft bazasi” tomonidan faoliyati tugatilgan fermer xo‘jaliklariga qariyb 2 mlrd so‘mlik yonilg‘i berilgani aniqlandi
“Buxoro neft bazasi” MChJda 50,5 mlrd so‘m debitor qarzdorlik yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu qarzdorlikning 984,7 mln so‘mi “umidsiz” qarzga aylanib ulgurgan.

Foto: O‘zbekneftgaz
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra, “Buxoro neft bazasi” MChJning fermerlarga yonilg‘i tarqatuvchi 10 ta shoxobchasida 2,1 mlrd so‘mlik 206,7 ming litr neft mahsuloti kamomadi aniqlanib, 921,1 mln so‘mi qoplanishi ta’minlangan. Yana 10 ta shoxobcha tomonidan esa 1,8 mlrd so‘mlik 261,7 ming litr yonilg‘i mahsulotlari faoliyati tugatilgan fermer xo‘jaliklariga rasmiylashtirilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, jamiyatning sobiq rahbariyati va mutasaddi xodimlari esa 3 mlrd so‘mlik 1 mln 595,3 ming litr neft mahsulotlarini fermer xo‘jaliklariga arzon narxlarda rasmiylashtirib, jamiyatga zarar keltirgan. Shuningdek, jamiyat mutasaddi xodimlari tomonidan xususiy AYoQShlarga jami 2,6 mlrd so‘mlik neft mahsulotlari to‘lovsiz yetkazib berilib, debitor qarzdorligi yashirib kelingan.
Mazkur qonunbuzilish holatlari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etilgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Klublar o‘rtasidagi JCh boshlanmoqda: unda kimlar ishtirok etadi?
Sport | 18:11
-
Zelenskiy Ukraina tinchlik uchun qanday murosaga tayyorligini aytdi
Jahon | 18:00
-
“Yoshlar oyligi” doirasidagi navbatdagi bayram Qoraqalpog‘istonda o‘tkazildi
O‘zbekiston | 18:00
-
Eron Isroilga yordam berayotgan davlatlarga zarbalar bilan tahdid qildi
Jahon | 17:16