Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda ikki yigit tanish ayolni o‘ldirib, yoqib yuborishdi
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida ikki yigit tanish ayolni o‘ldirib, yoqib yuborishgan. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Foto: Unsplash
Ma’lum bo‘lishicha, 2022 yil 7 yanvar kuni soat 00:00 larda 2002 yilda tug‘ilgan M.N. va 2001 yilda tug‘ilgan M.T. tanishi 1997 yilda tug‘ilgan M.Q. va 1994 yilda tug‘ilgan D.Y.ni Pastdarg‘om tumani, Istiqbol mahallasi hududida faoliyat ko‘rsatmasdan kelayotgan tashlandiq maktabgacha ta’lim muassasasi binosiga olib kelgan.
U yerda ikki yigit va ikki qiz mast holatda kelishmovchilik sababli o‘zaro janjallashib qolishgan. Shundan so‘ng, yigitlar oshxona pichog‘i bilan D.Y.ning turli sohalariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirib, murdani yoqib yuborishgan.
2022 yil 7 yanvar kuni Past Darg‘om tuman prokuraturasi tomonidan M.N. va M.T.ga Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “p” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ular jinoyat protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Mavzuga oid
19:38 / 18.03.2026
Samarqand viloyatining 4 ta tumanida jamoat yaylovlari tashkil etiladi
14:31 / 13.03.2026
Statistika: iqtisodiyoti eng tez o‘sgan hududlar ro‘yxati
09:12 / 09.03.2026
DXX tezkor tadbirlarida ikki nafar shaxs pul olayotgan vaqtda ushlandi
21:38 / 02.03.2026