Shavkat Mirziyoyev Lukashenkoning so‘zlariga munosabat bildirdi
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston ham Qozog‘istondagi voqealardan saboq chiqarishini aytgan prezident so‘zlariga munosabat bildirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning KXShT sammitida aytgan shov-shuvli so‘zlariga munosabat bildirdi.
«Kuni kecha ba’zi davlat rahbarlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealardan saboq chiqarishi lozimligi haqida asossiz bayonot berildi.
Biz mintaqadagi vaziyatni, xavfsizlikka bo‘lgan barcha xavf-xatarlarni diqqat bilan kuzatib boryapmiz.
Har qanday tahdidga nisbatan munosib javob qaytarish va zarba berish uchun biz yetarli kuch va salohiyatga egamiz», deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirgan prezident matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, 10 yanvar kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining Qozog‘istondagi tartibsizliklarga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilishida so‘z olgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘z nutqida O‘zbekistonni tilga olgandi.
«Qozog‘istondagi vaziyatdan, avvalo, O‘zbekiston hushyor bo‘lishi kerak. Aks holda, bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘polon tashkilotchilarining nigohi, jumladan, O‘zbekistonga qaratilgan», degandi Belarus rahbari o‘zining nutqida.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent viloyatida o‘tkir tig‘larni noqonuniy olib yurgan 147 nafar shaxs aniqlandi
Jamiyat | 07:53
-
Rossiyada yirik artilleriya ombori portladi
Jahon | 07:48
-
Elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish hajmini 43 trillion so‘mga yetkazish rejalashtirildi
Iqtisodiyot | 07:46
-
«Yashil» vodorod va sian tuzlari korxonalari ishga tushiriladi
Iqtisodiyot | 07:42
Mavzuga oid

18:00 / 25.03.2025
Dunyoning yarmi Belarusdagi kabi diktaturani orzu qiladi – Lukashenko

17:25 / 25.03.2025
Lukashenko yettinchi marta Belarus prezidenti bo‘ldi

15:15 / 16.02.2025
AQSh Lukashenko bilan siyosiy mahbuslarni ozod etish bo‘yicha «katta bitim» tayyorlamoqda

22:07 / 27.01.2025