SSV koronavirusga chalingan bolalarni uy sharoitida davolash bo‘yicha tavsiyalarini berdi
Koronavirus infeksiyasi aniqlangan bolani uy sharoitida qanday davolash mumkin? Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori, tibbiyot fanlari doktori Abdumannon Abduqayumovning tavsiyalarini keltirdi.
Koronavirusning yangi shtammi aksariyat bemorlar, ayniqsa, bolalarda yengil kechmoqda. U asosan tana haroratining ko‘tarilishi, tomoq og‘rig‘i, burun oqishi, yo‘tal, bosh og‘rig‘i belgilari bilan namoyon bo‘ladi.
Ta’m va hid bilish qobiliyatining yo‘qolishi deyarli kuzatilmaydi. Bolalarda ba’zi hollarda turli toshmalar ham paydo bo‘lishi mumkin.
Tana harorati bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda 38,0, bir yoshdan oshgan o‘g‘il-qizlarda esa 38,5 darajadan oshmaguncha, hech qanday dori vositalari berish tavsiya etilmaydi. Ayniqsa, antibiotiklar virusli infeksiyalarda umuman natija bermaydi.
Tana harorati yuqoridagi o‘lchovlardan oshganda, ibuprofen yoki paratsetamol ichirish tavsiya etiladi. Kichik yoshli bolalarga isitma tushiruvchi svechalarni ham qo‘llasa bo‘ladi.
Uy sharoitida koronavirusga chalingan bolalarga:
- 3 kungacha har soatda oz-ozdan suyuqlik ichiriladi;
- darmondorilarga boy taom va mahsulotlar beriladi;
- o‘z vaqtida va me’yorida uxlashi hamda sovqotib qolmasligi choralari ko‘riladi;
- turli vitaminlar iste’mol qilinadi.
Agar bolalarda kasallik davomida:
- nafas yetishmovchiligi;
- hansirash;
- lablarning chetlari ko‘karishi;
- holsizlik;
- chuqur yo‘tal belgilari paydo bo‘lsa, oilaviy shifokor yoki mahalliy pediatr bilan maslahatlashgan holda bemorning statsionar tarzda davolanishi masalasi ko‘rib chiqilishi kerak.
«Shu o‘rinda farzandlariga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan ota-onalardan ortiqcha xavotir va sarosimaga berilmay, shifokor tavsiyalariga amal qilishlarini so‘raymiz», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Coca-Cola tarkibida xlorat ko‘p bo‘lgani uchun Yevropadagi mahsulotlarini qaytarib oldi
Jahon | 17:25 / 28.01.2025
AQShda yuk tashish inqirozi tugadimi?
Jahon | 16:03 / 28.01.2025
Kolumbiya prezidenti muhojirlarni quvayotgan AQShga: «Ularga jinoyatchidek muomala qilmang»
Jahon | 23:24 / 27.01.2025
Sun’iy intellekt yetakchilari – Davosda. Ular nimalar deyishdi?
Fan-texnika | 19:09 / 27.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeK Rossiyadan barcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga boj joriy etishni taklif qildi
Jahon | 08:22
-
Toshkentda avtobus yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa borib urildi
Jamiyat | 08:00
-
Putin Ukraina bilan muzokaralar o‘tkazish shartini aytdi
Jahon | 00:54
-
Makron Luvrga yangi kirish joyi qurishga va «Mona Liza»ni ko‘chirishga va’da berdi
Jahon | 00:17
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022