O‘zbekistonda maktablar onlayn formatga o‘tishi rasman tasdiqlandi
SSV ta’lim muassasalarida o‘qishni masofadan tashkil etish bo‘yicha taklif bildirgan.

Foto: Kun.uz
Xalq ta’limi vazirligi 24 yanvardan boshlab maktablar bir oy davomida onlayn shaklda faoliyat olib borishini ma’lum qildi.
«Koronavirus infeksiyasining yangi shtammi bolalar va yoshlar o‘rtasida tarqalish xavfining oldini olish hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining takliflaridan kelib chiqib 24 yanvardan boshlab maktablardagi ta’lim jarayoni bir oy muddat davomida onlayn shaklda olib boriladi.
Masofaviy shaklda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun Milliy teleradiokompaniya telekanallari hamda «Onlayn maktab» telegram kanali orqali berib boriladi. «Onlayn maktab» loyihasi doirasida beriladigan darslar jadvali kunlik ravishda «Onlayn maktab» telegram kanali orqali e’lon qilib boriladi.
Fursatdan foydalanib, Xalq ta’limi vazirligi ota-onalardan farzandlarining uydagi xavfsizligi va sog‘ligini ta’minlagan holda «Onlayn maktab» loyihasi doirasida efirga uzatiladigan darslarni kuzatib borishlarida amaliy yordam berishlarini so‘raydi.
Shu o‘rinda bugungi murakkab vaziyatdan chiqib ketishning yagona yo‘li bu vaksinatsiya, shu bois sizlardan o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini himoya qilish uchun vaksinatsiya jarayonlarida faol qatnashishingizni so‘rab qolamiz», deyiladi vazirlik xabarida.
Bundan avvalroq Kun.uz manbasi O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalarida 24 yanvardan qishki ta’til tugab, darslar onlayn formatda davom etishi haqida xabar bergandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
Jahon | 02:31
-
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
Jahon | 01:40
-
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi
Jahon | 01:09
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
Mavzuga oid

11:05 / 07.12.2022
“Xalq ta’limida bugungi qilinayotgan ishlarning natijasini 5-10 yildan keyin ko‘ramiz” - Baxtiyor Saidov

10:13 / 07.12.2022
Xalq ta’limi vaziri – qachon oxirgi marta avtobusda yurgani, 5 soat uxlashi va tizimdagi qarindosh-urug‘chilik haqida

20:37 / 22.11.2022
XTV va SSV tizimlarida budjetning 77 mlrd so‘mi noqonuniy ishlatildi

14:45 / 10.11.2022