Farg‘ona shahriga yangi hokim tayinlandi
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga o‘tkazilgan Mirzohid Ubaydullayev o‘rniga Vosiljon Nazarov Farg‘ona shahrining yangi hokimi bo‘ldi. U shu vaqtgacha Bog‘dod tumani hokimi edi.
Bugun, 24 yanvar kuni Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada ishtirok etgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahridagi o‘zgarishlar, imkoniyatlar, qilingan ishlar va oldinda turgan vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi. Viloyat hokimi Vosiljon Shuhratovich Nazarov nomzodini Farg‘ona shahar hokimi lavozimiga tavsiya qildi.

«Tashabbuskor, izlanuvchan rahbar, befarq emas, harakatchan, fidoyi, yosh kadrlardan biri», dedi viloyat hokimi.
Tavsiya etilgan nomzod shahar kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.
Vosiljon Nazarov 1984 yil Buvayda tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2006 yildan moliya tizimida mehnat qilib kelgan, 2019-2021 yillarda viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2021 yildan Bog‘dod tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Bundan oldinroq Vosiljon Nazarov o‘rniga Farg‘ona viloyati iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Yusufjon Husainov Bog‘dod tumani hokimi etib tayinlangani xabar qilingandi.

- Farg‘ona shahriga 2021 yil fevralidan hokimlik qilgan Mirzohid Ubaydullayev 2021 yil dekabrida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari – Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Abu-Dabida Yaqin Sharqdagi birinchi «Disneylend» paydo bo‘ladi
Jahon | 03:00
-
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
Sport | 02:17
-
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin
Jahon | 01:03
-
«G‘alaba asosan biz tufayli qo‘lga kiritilgan». Tramp 8 mayni rasman G‘alaba kuni deb e’lon qildi
Jahon | 00:31
Mavzuga oid

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

11:53 / 06.05.2025
IIVda axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosar lavozimi tugatildi, yangi departament tuzildi

11:24 / 06.05.2025