Navoiyda havoni ifloslantirgan qo‘shma korxona faoliyati sud qarori bilan vaqtincha to‘xtatildi

Foto: Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
Zarafshon shahrida karbid kalsiy va ferromarganets mahsuloti ishlab chiqarayotgan «Carbide impex plyus» MChJ shaklidagi qo‘shma korxonaning faoliyati ekologiyaga salbiy ta’siri sababli vaqtincha to‘xtatib qo‘yildi. Qo‘shma korxona viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining talablarini bajarmagan.
Boshqarmaning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, qo‘shma korxona faoliyatining atrof-muhitga ta’siri 2020 yilning dekabr oyida tekshirib ko‘rilgan. Qo‘shma korxonaga yaqin hududda havodan namunalar olinib, tahlildan o‘tkazilganida, atmosferaga zararli gaz tashlamalari chiqayotganligi ma’lum bo‘lgan. Aniqlangan xato-kamchiliklar to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirilib, unda bajarilishi shart bo‘lgan talablar va ularning ijro muddatlari belgilab berilgan. Shundan so‘ng korxona o‘zining ishlab chiqarish faoliyatini to‘xtatgan.
Ammo qo‘shma korxona belgilangan talablarni bajarmasdan, 2021 yilning oktabr-noyabr oyidan ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘ygan. Bu esa hudud aholisining haqli e’tiroziga sabab bo‘lgan.
2022 yil 14 yanvar kuni Zarafshon tumanlararo iqtisodiy sudida mazkur ish ko‘rib chiqildi hamda sud qarori bilan «Carbide impex plyus» MChJ shaklidagi qo‘shma korxonaning faoliyatida aniqlangan holatlar bartaraf qilingunga qadar to‘xtatib qo‘yildi.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tatariston O‘zbekistondan 10 ming mehnat migrantini ishga jalb etmoqchi
O‘zbekiston | 07:50
-
Toshkentda pulli avtoturargohlar uchun maksimal tarif ma’lum qilindi
Iqtisodiyot | 04:32
-
Zelenskiy tinchlik bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etadigan Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 03:50
-
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi
Jahon | 00:25
Mavzuga oid

21:37 / 20.02.2025
“Cho‘llashtirish avjida” - Buxoroda 1800 dan ortiq daraxt ko‘chirilayotgani tanqidlarga sabab bo‘lmoqda

16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin

19:25 / 08.02.2024
“Bolalarimga o‘rgatish uchun o‘zim o‘rgandim” – 3 farzandi ham prezident maktabida o‘qiyotgan ona hikoyasi

20:30 / 10.10.2023