Samarqandda hokimlar yo‘qligida qabul qilinishi rejalashtirilgan 24 ta qaror va farmoyish loyihalarida xatolar aniqlandi
Samarqand viloyatida hokimlar yo‘qligida qabul qilinishi rejalashtirilgan 24 ta qaror va farmoyish loyihalarida xatolar aniqlangan. Bu haqda viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyev viloyat kengashiga bergan axborotida ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, 2021 yilda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat hokimligining 15 ta, tuman, shahar adliya bo‘limlari tomonidan esa hududiy hokimliklarning 57 ta normativ-huquqiy tusga ega bo‘lgan qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan.
Ekspertiza natijasiga ko‘ra, loyihalarning 55 tasiga ijobiy xulosa berilgan bo‘lsa, 17 tasi belgilangan talablarga javob bermaganligi uchun qaytarilgan
Hokimlar qarorlari joylanib boriladigan “E-qaror” ishga tushirilgan vaqtdan boshlab bugungi kungacha tizim orqali viloyat, tuman va shahar hokimliklari tomonidan jami 6115 ta qarorlar qabul qilingan.
Qaror loyihalari qabul qilinishidan oldin adliya organlari tomonidan ko‘rilib, xato va kamchiliklari aniqlanganda, ular qabul qilishdan oldin bartaraf etilmoqda.
Jumladan, tuman va shahar hokimliklari tomonidan qabul qilingan 102 ta, xususan, tuman va shahar hokimlari 2022 yil 15 yanvarga qadar mehnat ta’tilida bo‘lgan davrda qabul qilinishi rejalashtirilgan 24 ta qaror va farmoyish loyihalari qonunchilik talablariga javob bermaganligi sababli oldindan ko‘rib chiqilib, xato va kamchiliklari tuzatilgan.
Qayd etiligshicha, bu borada hamkorlik o‘rnatilganiga qaramay, tuman va shaharlar hokimliklarining norma ijodkorligi sohasidagi faoliyati o‘rganilganda, 200 ta xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 12 ta taqdimnoma kiritilib, 12 ta qaror bekor qilindi, 12 qaror va 29 farmoyish muvofiqlashtirildi.
Bundan tashqari, 2021 yil oktabr-dekabr oylarida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga davlat organlari va tashkilotlari tomonidan 16 203 ta hujjatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 8 951 ta buyruqlar, 3 5 43 ta shartnomalar huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy, 621 ta hujjatlarga qonunchilikka zidligi sababli salbiy xulosa berilgan. 2 257 tasi qaytarilgan. 764 ta hujjatlar qonunchilikka zidligi sababli huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmagan, 67 ta murojaatlar o‘rganib chiqilgan.
Natijada, Markazlar tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning noqonuniy bo‘lgan yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan 3 642 ta buyruq, farmoyish, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlari qabul qilinishining oldi olingan.
Hisobot davrida davlat organlari va tashkilotlarining ish faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilayotganligi yuzasidan 995 ta davlat organlari va tashkilotlarida 1 075 marta nazorat tadbirlari, xususan, o‘rganish va monitoringlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan o‘rganish va monitoring natijasida 161 509 dan ortiq qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.
Mazkur qonunbuzilish holatlarining:
- 3 667 tasi murojaatlarni ko‘rib chiqish sohasiga;
- 44 759 tasi ta’lim;
- 19 417 tasi mehnat va bandlik;
- 9 889 tasi pensiya va nafaqa;
- 10 854 tasi soliq;
- 8 648 tasi sog‘liqni saqlash;
- 5 609 tasi yer va uy-joy masalasi;
- 58 666 tasi bank-kredit, kommunal to‘lovlarning, imtiyozli preferensiyalarning qo‘llanilishi va boshqa sohalarga tegishli bo‘lgan.
Yuqoridagi aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish maqsadida 2 083 ta taqdimnoma, 4 543 ta ogohnoma, ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha tegishli organlarga 786 ta, jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha 97 ta taklif, shuningdek sudlarga 2 637 ta da’vo arizalari kiritilib, mazkur da’vo arizalarining 1 992 tasi qanoatlantirilgan.
Mavzuga oid
09:18 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani Samarqandda jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan qiz bilan uchrashdi
23:25 / 09.11.2024
Samarqandda Qurolli kuchlar xizmatchisi, soliqchi, Milliy gvardiya va kadastr xodimlari pora bilan ushlandi
15:06 / 01.11.2024
Samarqand viloyatida isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlandi
10:59 / 25.10.2024