Oliy Majlisning Bolalar huquqlari böyiça vakili Surayyo Rahmonova Samarqand viloyatining Qöşrabot tumanida guruhli jinsiy zöravonlik qurboni bölgan öquvçi qiz bilan uçraşdi.
Jinoyatda 9 kişi, jumladan, prokuratura xodimi gumonlanmoqda. Ulardan sakkiz nafari qölga olingan, yana biri qidiruvga berilgan. Jinoiy iş 31 oktabr kuni oçilgan. Holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bolalar ombudsmani dastlabki tergov bosqiçida jabrlangan qizning protsessual huquqlari qanday ta’minlanganligini örgandi. Tergovda bolaning qonuniy vakili, öqituvçisi va advokatining iştirokiga alohida e’tibor qaratiladi.
Bundan taşqari, Surayyo Rahmonova tergovçilarga qizning iştirokidagi tergov va protsessual harakatlarning bola uçun döstona ötkazilişi va qöşimça travmatik tarzda bölişiga yöl qöymaslikka oid tavsiyalar berdi.
Bolalar ombudsmani voyaga yetmagan bola bilan, şuningdek, uning onasi bilan yakka tartibda uçraşdi. Ayni paytda jabrlanganlarga har tomonlama tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam körsatişga kirişilgan.
«Qizning onasi bilan suhbat davomida ayol OAV vakillari va jamoatçilikdan uşbu jinoyat tafsilotlarini e’lon qilmaslikni sörab, har bir şunday xabar qiziga va oilasiga katta ruhiy zarba bölayotganini bayon etdi», — deyiladi xabarda.
Bolalar ombudsmani mazkur iş jinsiy jinoyatga oid ekanligi hamda voyaga yetmaganning şaxsiy hayoti, şa’ni va qadr-qimmatiga daxldorligi munosabati bilan jinoyat işi tafsilotlarining oşkor etilişi, şu jumladan, OAVda keng yoritilişi bola manfaatlariga zid ekanini eslatib ötdi.

















