Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyati to‘liq elektr ta’minotidan uzilgan holda qolmoqda
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda elektr ta’minoti to‘liq tiklangan, Qashqadaryo viloyatida hali svet yonmadi.

Energetika vazirligi respublika hududlarida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
25 yanvar, soat 22:30 holatiga ko‘ra:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;
2. Andijon viloyati — Andijon shahar 30 foiz, Xonobod 100 foiz, mavjud, asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta’minotiga ulangan;
3. Buxoro viloyati — Qorako‘l va Qorovul bozor tumanlari 100 foiz elektr energiyasi mavjud;
4. Jizzax viloyati — Barcha tumanlarda 50 foiz aholi iste’molchilari elektr energiyasi bilan ta’minlangan;
5. Qashqadaryo viloyati — to‘liq elektr ta’minotidan uzilgan, tiklash-sozlash ishlari olib borilmoqda;
6. Navoiy viloyati — Navoiy shahrida 100 foiz, G‘ozg‘on shahrida 100 foiz, Karmana tumanida 100 foiz, Navbahor tumanida 100 foiz, Konimex tumanida 100 foiz, Zarafshon shahrida 100 foiz, Uchquduq tumanida 100 foiz, Nurota tumanida 100 foiz va Xatirchi tumanida 90 foiz mavjud;
7. Namangan viloyati — Asosiy tibbiyot muassasalari va suv ta’minoti, Ichki ishlar, hokimiyat elektr ta’minotiga ulangan;
8. Samarqand viloyati — Samarqand shahrida 95 foiz, Samarqand tumani 50 foiz, Paxtachi tumanida 100 foiz, Kattaqo‘rg‘on tumani 10 foiz, Kattaqo‘rg‘on shahri 100 foiz, Narpay tumani 80 foiz, Nurobod tumani 80 foiz, Pastdarg‘om tumani 30 foiz, Bulung‘ur tumanida 100 foiz, Jomboy tumanida 100 foiz, Toyloq tumanida 100 foiz, Qo‘shrabot tumanida 50 foiz, Ishtixon tumanida 50 foiz elektr mavjud;
9. Surxondaryo viloyati — Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri 100 foiz elektr ta’minoti mavjud, Oltinsoyda 70 foiz elektr mavjud;
10. Sirdaryo viloyati — Guliston shahri 60 foiz, Yangiyer 60 foiz, Shirin shahri 100 foiz, Boyovut 20 foiz, Sayxunobod tumani 20 foiz, Guliston tumani 20 foiz, Mirzaobod tumani 10 foiz, Xovos tumani 30 foiz elektr mavjud;
11. Toshkent viloyati — Angren shahar 70 foiz, Bekobod shahar 60 foiz, Olmaliq shahar 90 foiz, Chirchiq 60 foiz, Ohangaron shahar 100 foiz, Bo‘ka tumani 40 foiz, Bo‘stonliq tumani 75 foiz, Zangiota tumani 15 foiz, Qibray tumani 70 foiz, Ohangaron tumani 80 foiz, Parkent tumani 80 foiz, Toshkent tumani 80 foiz, O‘rta Chirchiq 20 foiz, Yuqori Chirchiq tumani 60 foiz iste’molchilar tarmoqqa ulandi;
12. Farg‘ona viloyati — Farg‘ona shahar 17 foiz, Marg‘ilon 10 foiz, Quvasoy tumani 10 foiz, Qo‘qon shahri 40 foiz, Buvayda tumani 10 foiz, O‘zbekiston tumani 15 foiz, Farg‘ona tumani 10 foiz, Dang‘ara tumani 15 foiz, So‘x tumani 100 foiz, asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta’minotiga ulangan;
13. Xorazm viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;
14. Toshkent shahri — Mirzo Ulug‘bek 100 foiz, Yunusobod 50 foiz, Shayxontohur 10 foiz, Olmazor 20 foiz, Yakkasaroy 20 foiz, Chilonzor 10 foiz, Yashnobod 50 foiz, Mirobod 50 foiz, Sergeli 30 foiz, Yangihayot 20 foiz, Bektemir 50 foizda elektr ta’minoti mavjud.
Energetika vazirligi o‘zbekistonliklardan ortiqcha elektr jihozlarni ulamay turishga chaqirgan.
«Energetiklar tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar munosabati bilan sizdan energiya qurilmalaridan oqilona foydalanishingizni va xonadoningizda ortiqcha elektr jihozlarini tarmoqqa ulamaslikni so‘raymiz.
Bu sa’y-harakatlar ko‘proq iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashga yordam beradi.
Vaziyatni to‘g‘ri baholaganingiz uchun rahmat», deyiladi vazirlik bayonotida.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

17:45 / 04.07.2025
Chexiyada blekaut yuz berdi

17:05 / 30.06.2025
Xitoy blekaut keltirib chiqaradigan qurol yaratganini e’lon qildi

18:40 / 18.06.2025
Qirg‘iziston poytaxtida blekaut yuz berdi

00:22 / 18.06.2025