Qator hududlarda hali elektr ta’minoti tiklanmadi
Energetika vazirligi ma’lumotini yangilamoqda - O‘zbekistonning faqat 4 hududi elektr ta’minoti bilan 100 foiz ta’minlangan.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda ikkinchi kundirki ko‘plab hududlarda svet o‘chiqligicha qolmoqda.
Energetika vazirligi O‘zbekistonda 26 yanvar kuni soat 22:00 holatiga ko‘ra elektr energiyasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
«Umumtizimda yuzaga kelgan nosozliklar sababli mamlakatimizdagi mavjud gaz qazib olish konlari va uni qayta ishlash zavodlarida texnologik jarayonlarning buzilish holatlari kuzatilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida gaz ishlab chiqarish hajmining kamayishiga olib kelmoqda.
Shu sababli, issiqlik elektr stansiyalarida gaz bosimi kamayishi kuzatilmoqda va bu elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash borasida barcha choralar ko‘rib borilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etish kerakki, vazirlikning ayni vaqtdagi vaziyat vazirlikning soat 4:00da bergan ma’lumotnomasidan jiddiy farq qiladi. Kun avvalida respublikaning 8 hududida - Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida elektr ta’minoti to‘liq tiklangani ma’lum qilingandi.
Endi esa Buxoro, Navoiy, Samarqand va Farg‘onada ta’minot to‘liq tiklanmagani, faqat Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Jizzaxda ko‘rsatkich 100 foiz ekani ma’lum qilindi. Lekin Kun.uz ma’lumotiga ko‘ra, Jizzax viloyatining ayrim hududlarida kun davomida svet bo‘lmagan.
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — Barcha tuman va shaharlarida elektr ta’minoti mavjud (100 foiz).
2. Andijon viloyati (55 foiz) — Andijon shahar 75 foiz, Xonobod tumani 80 foiz, qolgan barcha tuman va shaharlarda 40 foiz elektr ta’minoti mavjud;
3. Buxoro viloyati (80 foiz) — Qorako‘l tumani 60 foiz, qolgan barcha tuman va shaharlarda 100 foiz elektr ta’minoti mavjud;
4. Jizzax viloyati (100 foiz) — Barcha tuman va shaharlarida elektr ta’minoti mavjud;
5. Qashqadaryo viloyati (70 foiz) — Qarshi shahar 85 foiz, qolgan barcha tuman va shaharlarda 60 foiz elektr ta’minoti mavjud;
6. Navoiy viloyati (95 foiz) — Xatirchi tumani 80 foiz, qolgan barcha tuman va shaharlarda 100 foiz elektr ta’minoti mavjud;
7. Namangan viloyati (70 foiz) — Namangan shahri 75 foiz, Mingbuloq tumani 75 foiz, Kosonsoy tumani 75 foiz, Norin tumani 80 foiz, Pop tumani 70 foiz, To‘raqo‘rg‘on tumani 75 foiz, Uychi tumani 75 foiz, Uchqo‘rg‘on tumani 80 foiz, Chortoq tumani 75 foiz, Chust tumani 75 foiz, Yangiqo‘rg‘on tumani 80 foiz, Namangan tumani 80 foiz elektr ta’minoti mavjud;
8. Samarqand viloyati (60 foiz) — Kattaqo‘rg‘on shahar 50 foiz, Kattaqo‘rg‘on tumani 90 foiz, Jomboy tumani 90 foiz, Past Darg‘om tumani 10 foiz, Narpay tumani 70 foiz, Toyloq tumani 70 foiz, Urgut tumani 80 foiz, Samarqand shahar 100 foiz elektr ta’minoti mavjud;
9. Surxondaryo viloyati (65 foiz) — Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri 100 foiz, Termiz shahri 70 foiz, Termiz tuman 60 foiz, Oltinsoy tumani 70 foiz, Sho‘rchi, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Angor, Mizrobod, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq, Bandixon tumanlari 20 foiz elektr mavjud;
10. Sirdaryo viloyati (70 foiz) — Shirin shahri 100 foiz, qolgan tuman va shaharlarda 75 foiz elektr ta’minoti mavjud ta’minoti mavjud;
11. Toshkent viloyati (80 foiz) — Angren shahar 40 foiz, Bekobod shahar 40 foiz, Nurafshon shahar 30 foiz, Olmaliq shahar 70 foiz, Ohangaron shahar 50 foiz, Chirchiq shahar 80 foiz, Yangiyo‘l shahar 50 foiz, Bo‘ka tumani 45 foiz, Bo‘stonliq tumani 70 foiz, Zangiota tumani 100 foiz, Qibray tumani 90 foiz, Quyi Chirchiq tumani 60 foiz, Ohangaron tumani 50 foiz, Parkent tumani 70 foiz, Piskent tumani 30 foiz, Toshkent tumani 80 foiz, O‘rta Chirchiq tumani 25 foiz, Yuqori Chirchiq tumani 70 foiz, Chinoz tumani 90 foiz, Yangiyo‘l tumani 80 foiz elektr ta’minotiga ulangan;
12. Farg‘ona viloyati (70 foiz) — Dang‘ara tumani 60 foiz, Farg‘ona tumani 75 foiz, O‘zbekiston tumani 50 foiz, Rishton tumani 50 foiz, Buvayda tumani 40 foiz, Qo‘qon shahar 100 foiz, Toshloq tumani 50 foiz, Marg‘ilon shahar 60 foiz, Qo‘shtepa tumani 50 foiz, Bog‘dod tumani 50 foiz, Oltiariq tumani 50 foiz, qolgan tuman va shaharlarida 100 foiz elektr ta’minoti mavjud;
13. Xorazm viloyati (100 foiz) — Barcha tuman va shaharlarida elektr ta’minoti mavjud;
14. Toshkent shahri (100 foiz) — Barcha tuman va shaharlarida elektr ta’minoti mavjud.