Prezident mamlakatda elektr uzilgan birinchi tunni qanday o‘tkazganini gapirib berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning haftalik faoliyatiga bag‘ishlangan «Menimcha» loyihasining uchinchi soni efirga uzatildi. Unda prezident O‘zbekistonda elektr ta’minotida uzilish bo‘lgan birinchi tunni qanday o‘tkazganini gapirib berdi.
«Kecha birinchi OAVdan odamlarni ogohlantirishni so‘radim, chunki xalq sarosimaga tushib qolishi mumkin edi. Metrodan qancha odam chiqarildi, tog‘dan necha kishi olib chiqildi, nechta svetofor ishlayapti, qayerda «GAI» turibdi, telefon nima bo‘ldi – bular haqida har daqiqa xabar berdik. Hammani «baqirtirdim», baqiringlar dedim. Hech kim uxlagani yo‘q kechasi, birorta odamni yo‘qotmaylik deb harakat qildik.
Bu juda katta ofat bo‘ldi, shunchaki hisoblagichni ochib tuzatadigan avariya emas. Hamma narsani o‘chirishimizga to‘g‘ri keldi. Men stansiya yonib ketishidan qo‘rqdim. Sirdaryodagi stansiya yonib ketgan, 1982 yoki 1983 yil edi. Mana shunday avariya bo‘lgan, oltita stansiyaning hammasi yonib ketgan. Shu sabab bosh vazir bilan doimiy aloqada bo‘ldim, bir kunda qancha sochimiz oqardi», dedi prezident.
25 yanvar kuni Marakaziy Osiyo yagona energetiya tizimida avariya sabab uzilish yuzaga keldi. 7 soatga yaqin vaqt davomida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda 40 million odam elektrsiz qoldi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yer qarida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi
Jahon | 00:12
-
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
Jahon | 23:20 / 25.05.2025
-
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
Jahon | 22:35 / 25.05.2025
-
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
Jahon | 21:46 / 25.05.2025
Mavzuga oid

18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi

23:55 / 08.04.2025
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi

14:32 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi

19:11 / 31.03.2025