O‘zbekiston | 13:16 / 02.02.2022
16666
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston xalq artisti Viloyat Oqilova vafot etdi 

Foto: Madaniyat vazirligi

O‘zbekiston xalq artisti Viloyat Oqilova hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi

Viloyat Oqilova 1937 yilda Samarqand viloyatida mashhur san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti Isahor Oqilov va Margarita Oqilova oilasida dunyoga kelgan.

Raqqosa sifatidagi faoliyati davomida “Zang”, “Larzon”, “Shodlik”, “Xorazm lazgisi”, “Pomir raqsi”, “Afg‘oncha”, “Dilrabo”, “Shodiyona” kabi ko‘plab raqslarni mahorat bilan ijro etib, mutaxassislar va xalqimiz e’tirofiga sazovor bo‘lgan.

Viloyat Oqilova baletmeyster sifatida “Chorzarb”, “Samandariy”, “Buxoro to‘lqini”, “Tanovar-2”, “Surnay lazgisi”, “Mavrigi” kabi qator raqslarni sahnalashtirib, o‘ziga xos maktab yarata olgan san’at darg‘alaridan biri edi. 

Kun.uz ijodiy jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish