Hisor qo‘riqxonasidagi fotoqopqon Sibir tog‘ echkisi va kakliklarni tasvirga oldi
Qashqadaryo viloyatida joylashgan Hisor davlat qo‘riqxonasidagi fotoqopqon Sibir tog‘ echkilari va kakliklarni tasvirga olgan. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Sibir tog‘ echkisi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, u asosan chiqish qiyin bo‘lgan baland tog‘larda yashaydi. Ular o‘rtacha 15-17 yil yashaydi. Yilda 1-2 marta bolalaydi. Vazni 35 dan 150 kilogrammgacha yetadi.
«Hisor davlat qo‘riqxonasining Tanxozdaryo bo‘limi davlat nazoratchisi Berdaliyev Jamshid tomonidan qo‘yilgan fotoqopqon kamera obektiga Sibir tog‘ echkisi (kiyik) va kaklik muhrlandi», deyiladi xabarda.
Avvalroq Hisor davlat qo‘riqxonasida fotoqopqon ikki bosh qor qoplonini ham tasvirga tushirgandi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00
-
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
Jahon | 17:01
-
O‘zbekistonda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston | 16:42
-
Bola ko‘ziga telefon zararini kamaytirish uchun nima qilish kerak? – oftalmolog javob berdi
O‘zbekiston | 16:22
Mavzuga oid

11:02 / 08.07.2024
«Hisor» qo‘riqxonasida qor qoploni fotoqopqonga tushdi

11:54 / 08.07.2022
«Hisor» qo‘riqxonasidagi noyob qor qoplonlarining videotasvirlari e’lon qilindi

08:28 / 29.06.2022
«Hisor» davlat qo‘riqxonasidagi noyob hayvon fotoqopqonga tushdi (Video)

17:56 / 20.06.2022