O‘zbekiston | 21:07 / 05.02.2022
46378
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident Yunusobod hokimi nega ishdan olinganini aytdi

Yunusobod tuman hokimi Jahongir Ibrohimov daraxt ekish rejasini bajarmagani uchun ishdan ketgan. Bu haqda prezident faoliyatiga oid «Menimcha» teleloyihasida aytildi.

Foto: KUN.UZ

Ko‘rsatuvda prezident ishtirokidagi 2 fevral kungi videoselektor yig‘ilishidan lavhalar ko‘rsatildi. Shavkat Mirziyoyev daraxt ekish ishlariga sovuqqonlik bilan qarayotganlarni tanqid qildi. Prezidentning aytishicha, Yunusobod tuman hokimi kuzgi daraxt ekish rejasini bajarmagan.

«Yunusobod kuz mavsumida 20 mingdan ortiq mevali daraxt ekish rejasini bor-yo‘g‘i 43 foizga bajargani uchun tuman hokimi ishdan olindi», dedi prezident. Shavkat Mirziyoyev bu iste’fo qolganlarga o‘rnak bo‘lishi kerakligini aytdi.

Ma’lumot uchun, 24 yanvar kuni Jahongir Ibrohimov o‘rniga Bahodir Abdullayev Toshkent shahri Yunusobod tuman hokimi etib tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, 2 fevraldagi selektor ekologiya masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda davlat rahbari “Yashil yillik” umummilliy tadbirini e’lon qilgandi.

Mavzuga oid