Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taxtaqoracha dovonida transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi
Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi
Taxtaqoracha dovonida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qilmoqda.
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovonida transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha to‘xtatilgan. Bunga qalin qor yog‘ayotgani va noqulay ob-havo sabab bo‘lgan.
«Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi «Taxtaqoracha» dovonida qalin qor yog‘ganligi sababli, turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bugun 2022 yil 6 fevral kuni mazkur dovonda kuchli qor yog‘ayotgani xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, Taxtaqorachadan o‘tgan yo‘l M39 Olmaota-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining bir qismi hisoblanadi.
Mavzuga oid
09:50 / 23.03.2026
«Malika» bozori yaqinida harakatni qayta tashkil etish rejalashtirilmoqda
17:45 / 19.03.2026
Toshkentda Ramazon hayiti kuni ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi
09:13 / 19.02.2026
O‘zbekistonda Magnus Fusion 212 samolyotlari ishlab chiqarilishi mumkin
12:28 / 05.02.2026