17:12 / 07.02.2022
8362

AQShda politsiya afroamerikalikni otib o‘ldirgani sababli norozilik namoyishi o‘tkazildi

Namoyish ishtirokchilari shahar meri Jyeykob Freyning iste’fosini hamda 2 fevral kuni 22 yoshli afroamerikalikni otib o‘ldirgan politsiyachi Mark Xannemanning jinoiy javobgarlikka tortilishini talab qilgan.

Foto: Yahoo

AQShning Minneapolis shahrida afroamerikalik politsiya tomonidan otib o‘ldirilgani sababli ommaviy norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Xabar qilinishicha, Minneapolis ko‘chalariga yuzlab kishilar chiqqan.

Namoyish ishtirokchilari shahar meri Jyeykob Freyning iste’fosini hamda 2 fevral kuni 22 yoshli afroamerikalikni otib o‘ldirgan politsiyachi Mark Xannemanning jinoiy javobgarlikka tortilishini talab qilgan.

Xabar qilinishicha, qotillik ishini tergov qilayotgan politsiyachilar kutilmaganda Lokning uyiga bostirib kirgan. Divanda yotgan Lok politsiyachilar kirishi bilan keskin o‘rnidan turgan va unga qarshi o‘q uzilgan.

 Politsiya ertasi kuni voqea yuz bergan paytda Lokning qo‘lida to‘pponcha bo‘lgani aks etgan videoni namoyish etgan.

Lokning advokatlari uning jinoiy o‘tmishi yo‘qligi va o‘qotar qurolga qonuniy ravishda egalik qilganini ta’kidlamoqda.

Norozilik namoyishlariga AQShning boshqa shaharlari aholisi ham qo‘shilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Minneapolis afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan qo‘lga olish chog‘ida halok bo‘lganidan so‘ng yirik tartibsizliklar markaziga aylangandi.

Top