Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
13–15 fevral kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol bo‘lib, chang to‘zoni kuzatiladi
Dam olish kunlari havo sovib, O‘zbekiston bo‘ylab qor va yomg‘ir yog‘ishi kuzatiladi. Yangi hafta boshida esa mamlakat hududiga janubiy Ural hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi, kechalari havo harorati -7 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
«O‘zgidromet» 13–15 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali janubiy Ural hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilayotganini ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, 13–14 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi. Jumladan, 13 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida shamol 17–22 metr/sekundgacha kuchayadi, 25–28 metr/sekundgacha ham kuchayishi mumkin.
14 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarining ayrim hududlarida 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
13 fevral kuni Qoraqalpog‘istonda va 14 fevral respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tog‘li hududlarda qor yog‘ish kuchli bo‘lishi mumkin.
15–17 fevralda kechasi harorat -4–7 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi
«O‘zgidromet» dam olish kunlari qanday ob-havo bilan o‘tishi haqida ham ma’lumot bergan.
Qayd etilishicha, juma kuni Shimoliy Kavkaz hududlaridan respublikaning shimoliy hududlariga kirib kelgan nam va salqin havo massasi shanba kuni mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda, faqat shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliqni tashkil etadi. Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda va Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi.
Yakshanba kuni faqat Qoraqalpog‘istonning ba’zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliqni atrofida, kunduz kuni 5-10 daraja iliqni tashkil etadi. Shimolda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
12 fevralda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 13 fevralgacha respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Mavzuga oid
15:36 / 29.06.2026
Hafta davomida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
12:27 / 26.06.2026
Hafta oxirida o‘zgaruvchan havo kuzatiladi
20:01 / 22.06.2026
Qurg‘oqchil havo: jazirama hafta fermerlar uchun qanday xavflar tug‘diradi?
11:37 / 22.06.2026