O‘zbekiston | 18:29 / 11.02.2022
6535
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi

11 fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Qozog‘iston bosh vaziri Alixon Smailovni qabul qildi.

Tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalarini muhokama qilishgan.

Uchrashuv avvalida Alixan Smailov O‘zbekiston rahbariga Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

«O‘tgan yil dekabr oyidagi sammitda O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari erishgan kelishuvlarning amalga oshirilishini ta’minlash borasida ikki mamlakat hukumatlari tomonidan qabul qilinayotgan choralar ko‘rib chiqildi.

Tovar ayirboshlash hajmini orttirish va uning ko‘rsatkichlari muvozanatli bo‘lishiga erishish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yangi sanoat kooperatsiyasi va logistika markazlari tashkil etishni jadallashtirish, suv, energetika va transport-kommunikatsiya sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, hududlararo muloqotlar va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Mavzuga oid