O‘zbekiston | 11:00 / 14.02.2022
7212
7 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarini UWC dasturi doirasida xorijda o‘qitish bo‘yicha navbatdagi saralash bosqichi yakunlandi

Foto: UWC

Toshkent, O‘zbekiston, 2022 yil 14 fevral. United World Colleges (UWC) dasturi butun dunyo bo‘ylab 180 ta mamlakatni qamrab olgan va u iqtidorli o‘quvchilarga xalqaro nufuzli oliy o‘quv yurtidan oldingi ta’limni xorijda olish, shuningdek o‘zi uchun yangi bilimlar, madaniyat va dunyoqarash ufqlarini ochish imkoniyatini taqdim etadi. Joriy yilda o‘zbekistonlik o‘quvchilar uchun ilk bor Afrika va Norvegiyadagi UWC kollejlari joylar taqdim etdi.

UWCning O‘zbekistondagi Milliy qo‘mitasi 2019 yildan beri ERIELL kompaniyalar guruhi va Enter Engineering’ning moliyaviy va tashkiliy ko‘magida faoliyat yuritib kelmoqda.

«O‘zbekiston Prezidenti va Hukumati tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda va bizlar uchun korporativ ijtimoiy dasturimiz mamlakatning umumiy taraqqiyot yo‘nalishi doirasida ekanligi juda muhim. Iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash – eng ustuvor yo‘nalishlarimizdan biridir», – dedi ERIELL Group va Enter Engineering boshqaruvi raisi Baxtiyor Fozilov.

 2021 yilda saytda rekord natija qayd etildi, ya’ni 526 nafar kishi ro‘yxatdan o‘tdi. Uch bosqichdan iborat murakkab saralash bosqichidan so‘ng 4 nafar maktab o‘quvchisi UWC Li Po Chun (Gonkong), UWC Dilijan (Armaniston), UWC East Africa (Tanzaniya) va UWC Red Cross Nodric (Norvegiya) kollejlarida o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

 «Men saralash bosqichida ishtirok etayotgan o‘quvchilar soni yildan yilga ortib borayotganidan nihoyatda mamnunman, mamlakatimizning eng chekka hududlaridan ham arizalar kelib tushmoqda. Bizning eng iqtidorli bolalarni topish imkoniyatimiz ham tobora ortib bormoqda. Bolalar – bu Yangi O‘zbekistonning tayanchi va ishonchidir. Bunday tashabbuslar yordamida ularga yangi imkoniyatlar eshigini ochish orqali biz taraqqiyot va ro‘y berishi muqarrar bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlar uchun poydevor yaratayotganimizga ishonaman», – deya qo‘shimcha qildi Milliy qo‘mita raisi, ERIELL va Enter Engineering boshqaruvi raisining o‘rinbosari Nigora Ibadova.

Karantin cheklovlari sababli bu yil saralash bosqichi ilk bor onlayn rejimda o‘tkazildi. Shunga qaramay, tanlov muvaffaqiyatli yakunlandi. Baholash komissiyasi tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari agentligi o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘limi boshlig‘i Nargiza Kuchkarova, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti katta o‘qituvchisi Erkin Muhammedov, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti katta o‘qituvchisi Murad Ismailov, UWC Mahindra kollejining 2001 yildagi bitiruvchisi, Toshkent xalqaro maktabi o‘qituvchisi Nargiza Azizova, shuningdek ERIELL kompaniyalar guruhi va Enter Engineering xodimlaridan iborat ko‘ngillilar joy oldi. Milliy qo‘mita vakillari bilan bir qatorda baholash komissiyasi a’zolari qatoridan xalqaro ekspertlar, Armaniston va Italiyadagi UWC kollejlari o‘qituvchilari ham o‘rin oldi.

«Bugun o‘sib borayotgan avlodni o‘ta nozik va muntazam qiyofasini o‘zgartirayotgan dunyo xatarlariga tayyorlashimiz zarur bo‘lgan paytda tinchlik yo‘li bilan, rivojlanish yo‘lidagi samarali muloqotga qaratilgan insonlar o‘rtasidagi aloqalar ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. UWC harakatining butun dunyodagi missiyasi ham ayni shu maqsadga qaratilgan. Biz ta’limga tinch va barqaror kelajak yo‘lida insonlar, millatlar va madaniyatlarni birlashtirishga qodir kuch sifatida ishonamiz. Saralash bosqichidan o‘tgan bolalarda xalqaro kollejlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilish va kelgusida insonlar o‘rtasidagi ishonch va xavfsizlikni mustahkamlash singari umumiy maqsadga qo‘ldan kelgancha shaxsiy hissa qo‘shish imkoniyati paydo bo‘lgani quvontiradi», — dedi UWC kolleji vakili Dilijan Nara Sarkisova.

Tanlov jarayonida baholash komissiyasi a’zolari nafaqat tanlov ishtirokchilarining umumiy bilimlari, balki ularning jamiyatning hozirgi kundagi global muammolariga doir qarashlarini baholadi, balki ularning moslashuvchanlik, topqirlik, tanqidiy fikrlash va boshqa ko‘plab shaxsiy fazilatlarini aniqladi.

«Test sinovlari va suhbat singari an’anaviy baholash usullari bolalarga o‘zlarini to‘liq namoyon qilish imkoniyatini bermaydi. UWC tanlovining asosiy afzalligi esa bolaga turli rakursdan qarash imkonini beruvchi har bir baholash vositasi puxta o‘ylanganidadir.
Yakuniy bosqichni alohida e’tirof etishni xohlardim, chunki unda ishtirokchilar topshiriqni simulyatsiyaviy o‘yin shaklida bajardi. Bu nomzodlarning jamoada ishlash, qaror qabul qilish, tanqidiy va kreativ fikrlash qobiliyati singari ko‘nikmalarini ko‘rish imkonini berdi, bular esa o‘z navbatida 21 asrda muvaffaqiyatga erishishning asosiy ko‘nikmalari hisoblanadi», — dedi O‘zbekiston Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari agentligi o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘limi boshlig‘i Nargiza Kuchkarova.

Ma’lumot uchun:

United World Colleges (UWC) – bu dunyoning 17 ta mamlakatida joylashgan 18 ta kollejdan iborat tarmoqni birlashtiruvchi notijorat tashkilotidir. UWCning missiyasi ta’lim va bilimlarni tinch va barqaror kelajak yo‘lida millatlar va madaniyatlarni birlashtirishga qodir kuchga aylantirishdan iborat. Kollejlarda ta’lim xalqaro bakalavriat (IBDP) dasturi bo‘yicha olib boriladi. Bugungi kunda UWC tizimida dunyoning 150 dan ortiq mamlakatidan 9000 nafardan ziyod talaba tahsil olmoqda. Faoliyat yillari davomida kollejlarni 60 000 nafardan ziyod talaba bitirdi. UWCning O‘zbekistondagi milliy qo‘mitasi 2019 yildan beri ERIELL kompaniyalar guruhi va Enter Engineering'ning moliyaviy va tashkiliy ko‘magida faoliyat yuritib kelmoqda.

Veb sayt: www.uz.uwc.org/

ERIELL Group matbuot xizmati Ⓣ