Javob xati bir neça banddan iborat bölib rus naşrlarida e’lon qilindi, çunki TIV rasmiy sayti payşanba kuni texnik sabablarga köra işlamay qolgandi.
AQŞ va NATO javobidan norozilik
Hujjatda aytilişiça, AQŞ va NATO Rossiya tomonidan işlab çiqilgan xavfsizlik kafolati böyiça loyihaga munosib javob bermagan. Rossiya tomonining iddao qilişiça, sobiq ittifoq hududida harbiy baza taşkil etmaslik, Gruziya va Ukraina heç qaçon NATOga kirmasligi böyiça kafolat talablari e’tiborga olinmagan.
«Rossiya tomonining takliflari yoppasiga rad etilgan, faqat AQŞ va ittifoqçilariga qulay bölişi kutilgan bandlarga ittifoqçilar manfaatiga moslab javob berilgan», deyiladi javobda.
Rossiya tomoni AQŞ va NATOning öz çegaralari yaqinida favqulodda faollaşuvidan norozi bölgan: «Bizning xavfsizligimiz uçun muhim bölgan yönalişlarda AQŞ tomoni kelişişni istamayotgani uçun Rossiya boşqa çoralarni, xususan, harbiy-texnik çoralarni körişga majbur».
Ukrainaga «bosqin»
Hujjatda aytilişiça, Rossiya Ukrainaga bostirib kirmoqçiligi haqidagi gaplar Rossiyaga bosim qiliş hisoblanadi va bu harakatlar Kreml ilgari surayotgan xavfsizlik kafolati böyiça taklifni soyada qoldiriş uçun qilinmoqda. Rossiya taqdim etgan hujjatda yozilişiça, Qrimning bosib olinişi Ukrainada sodir bölgan davlat töntarişi sabab amalga oşgan, qrimliklar esa Rossiyaga qöşiliş uçun ovoz bergan.
«Ukrainaning NATOga kirişi Rossiya uçun çinakam xavfni keltirib çiqaradi. Çunki bunday bölsa, Kiyev rejimi Vaşington kelişuviga köra AQŞ va ittifoqçilarini Rossiya bilan harbiy töqnaşuvga tortiş orqali Qrimni kuç bilan qaytarib olişga harakat qiladi», deyiladi hujjatda.
NATOning «oçiq eşiklar» siyosati
Rossiya tomoni Yevropaning har qanday davlatiga NATOga kiriş imkonini beradigan «oçiq eşiklar» siyosatini tanqid qilgan: «Bu siyosat YeXHT bazaviy majburiyati bölgan «öz xavfsizligini özgalarga xavf tuğdirgan holda ta’minlaş taqiqlanişi» töğrisidagi tamoyilga töğri kelmaydi», deyiladi xatda.
Askarlarni çegaradan olib ketiş
Xatda Moskva AQŞ va ittifoqçilarining Ukraina bilan çegaradan askarlarni olib ketiş böyiça qilgan talablariga ham javob qaytargan: «Rossiya askarlarining mamlakat içidagi harakati AQŞni öylantirişi şart emas. Ularga Ukrainada harbiylarimiz yöqligini eslatib qöymoqçimiz».


















