Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 3ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki nafar yo‘lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
19 fevral kuni soat 22:40larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Sebzor ko‘chasida, ko‘prik ustida uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
YHXXning xabar berishicha:
1) 1998 yilda tug‘ilgan S.J. boshqaruvidagi Matiz rusumli;
2) 2001 yilda tug‘ilgan K.Q. boshqaruvidagi Spark rusumli;
3) 2001 yilda tug‘ilgan D.A. boshqaruvidagi Lada Vesta rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan va zarb oqibatida Matiz va Spark rusumli avtomobillar ag‘darilgan.
YTH natijasida Spark rusumli avtomobilning ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Ayni vaqtlarda YPX xodimlari tomonidan hodisa joyida haydovchilar ishtirokida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:57
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
18:50 / 24.06.2026
Avtomobil tezligini avtomatik cheklaydigan tizim sinovlardan o‘tolmadi
20:30 / 23.06.2026
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
19:59 / 23.06.2026