Asakadagi fermer xo‘jaligi binosidan topilgan 3 ta jasad: tafsilotlar
Andijon viloyati Asaka tumani Chek mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “Asaka zotli chorva” fermer xo‘jaligi binosida 3 kishining jasadi topiladi. Taxminlarga ko‘ra, ular is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Guvohlarning ta’kidlashicha, 13 fevral kuni issiqxonada ishlash uchun chiqqan qo‘shnilar tunga borib, kabobxo‘rlik qilishni maqsad qilishadi. Fermer xo‘jaligi binosi oldida kaboblarni tayyorlab, sovuq qotishgach, bino ichiga isinish maqsadida kirishadi. Qo‘lbola usulda sandal tayyorlashadi va ko‘mir cho‘g‘idan foydalanishadi.
14 fevral kuni turmush o‘rtog‘i kelavermaganidan xavotir olgan Xadichaxon aya fermer xo‘jaligi binosiga yetib boradi. Bino ichida esa turmush o‘rtog‘i Muhammadrayim Hakimov va ikki nafar qo‘shnilarining jasadini ko‘radi.
“Hech qachon kechasi boshqa joyda qolmasdi. Tuni bilan kelavermagach, tongda oldiga chiqdim. Borib chaqirdim. Hech kim javob bermadi. Eshikni taqillatsam ham jimjitlik. Keyin eshikni ochib qarasam, turmush o‘rtog‘im va ikki nafar qo‘shnimizning jasadi yotardi. Uyimizda ham ko‘mir ishlatmaganmiz umuman”, - deydi Xadichaxon aya biz bilan suhbatda.
Xadichaxon ayaning baqirib yig‘laganini eshitgan o‘sha atrofdagi fuqarolar voqea joyiga kelishadi. Birozdan so‘ng esa favqulodda vaziyatlar bo‘limi va boshqa mutasaddilar yetib keladi.
“Ayol kishining yig‘lagan ovozini eshitib tushdik. Qarasak, shu yerda ishlab yuradigan uch nafar fuqaroning jasadini ko‘rdik”, - deydi guvohlardan biri.
Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutaxassisining ta’kidlashicha, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
FVB Asaka tuman bo‘limi inspektori Dadamurod Mamanazarov holat yuzasidan izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, “14 fevral kuni taxminan soat 10:30 da Asaka tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi navbatchilik qismiga is gazi bilan zaharlanish holati bo‘yicha xabar kelib tushdi. Tezkor guruh bilan borganimizda “Chek” MFYda joylashgan “Asaka zotli chorva” fermer xo‘jaligi binosida 3 kishining jasadini topdik. Marhumlarning vafot etganligi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan”.
Hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Abduvali Qurbonov, Kun.uz muxbiri
Tasvirchi va montaj ustasi: Azizbek Ismoilov
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yetti yildan beri qidiruvda bo‘lgan hindistonlik milliarder Belgiyada hibsga olindi
Jahon | 19:23
-
IWTC 2025: UZTELECOM raqamli transformatsiya yutuqlarini namoyish etmoqda
Jamiyat | 19:00
-
Xitoylik ayol 6 marta ishxonadan bir daqiqa erta ketgani uchun ishdan bo‘shatildi
Jahon | 18:42
-
Shavkat Mirziyoyev Chorvoqdagi xalqaro turizm markazi taqdimoti bilan tanishdi
O‘zbekiston | 18:09
Mavzuga oid

13:57 / 28.02.2025
Elektrdan o‘g‘rincha foydalanib kelgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

12:09 / 25.02.2025
Fermer xo‘jaligi 1,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

11:47 / 23.02.2025
Andijonda 11 yil avval sodir etilgan jinoyat fosh etildi

17:09 / 25.01.2025