Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, pul talab qilgan firibgar ushlandi
U fuqaroning ishonchiga kirib, 3 250 AQSh dollari evaziga Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Farg‘ona tumanidan M.O. ismli ayol IIBga murojaat qilgan. Unda 2020 yil noyabr oyida A.Sh. ismli tanishi uning ishonchiga kirib, o‘g‘lini Janubiy Koreya Respublikasiga ishlash uchun yuborishini aytib, ishonchiga kirgan holda aldov yo‘li bilan undan jami 3 250 AQSh dollarini olib, va’dasini bajarmaganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlangan A.Sh. ismli shaxs aniqlanib, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Avvalroq, Farg‘onada prokuror 1000 dollar olayotganida qo‘lga tushganligi xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026